Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari


Lizingning afzalliklari va kamchiliklari


Download 143.5 Kb.
bet2/22
Sana09.12.2021
Hajmi143.5 Kb.
#179557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Lizing-hisobi

Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.

Lizingning afzalliklari

Hozirgi kunda korxonalar moddiy-texnika ta`minoti bazasini rivoj-lantirish maqsadida yirik kapital qo`yilmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi asosiy moliyaviy dastaklardan biri hisoblanadi. Uskunalarni sotib olishning boshqa (uskunani etkazib bergandan keyin to`lovni amalga oshirish, to`lovni uzaytirish sharti bilan sotib olish, bank krediti hisobiga sotib olish) usullariga qaraganda quyidagi bir qator afzalliklarga ega:

lizing ijarachi korxonaga bir martalik yirik xarajatlar qilmay va qarz mablag`laridan foydalanmay turib ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi;

qarz kapitali jalb qilinmaganligi uchun balansda o`z va qarz kapita-lining optimal nisbatini ushlab turish imkonini beradi:

bank kreditidan farqli o`laroq lizing uskunani sotib olish uchun 120 % li taьminot talab qilinmaydi;

lizing asosiy vositani sotib olish bilan bog`liq loyihani 100 % moliyalashtirish imkonini beradi va u to`lovlarni darxol boshlanishini talab qilmaydi. Bu esa sezilarli moliyaviy qiyinchiliklarsiz korxona-ga asosiy vositalarini yangilash va qimmatli uskunalarni sotib olish imkonini beradi.

lizing shartnomasiga ko`ra ijara to`lovlari uskuna o`rnatilib, sozlanib va foydalanishga topshirilgandan keyin mahsulotni sotishdan olin-gan daromad hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

lizing shartnomasida o`zgaruvchan kredit foizlaridan farqli o`laroq, qatьiy foiz stavkalari qo`llaniladi ;

lizing to`lovlari lizinga oluvchi korxonaning mahsulot tannarxiga olib boriladi. Bu esa soliqka tortiladigan foyda summasini kamaytiradi.

ishga tushirilishi uzoq muddatni talab qiladigan uskunalarni tayyor-lashga buyurtma berishdan ko`ra, foydalanishga tayyor bo`lgan uskunani ijaraga olish qulayroqdir.

Ba`zida aktivlarga fakat vaqtincha, mavsumiy yoki bir martalik talab bo`ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo`lgan aktivlarga egalik qilish bilan bog`liq noqulay bo`lgan muammolarini yo`q qilishga yordam beradi.

ijaraga olish har yili yangi va unumdorligi yanada yuqori bo`lgan usku-nalarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi va hokazo.


Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling