Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


Download 455.46 Kb.
bet28/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari

Seminar darsi.

Avvaldan tayyorgarlik ko’rish uchun mavzular o’quvchilarga taqsimlab beriladi. Birgalikda reja tuzib foydalanilishi lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati aytib o’tiladi. Har bir mavzu muhokama qilinadi va savol- javob o’tkaziladi, javoblar boshqa o’quvchilar tomonidan to’ldirilib boriladi.Dars oxirida har bir so’zga chiqqan o’quvchi mehnati rag’barlantiriladu. Seminar darslari o’quvchilarda mustaqil izlanish va ularda javobgarlik hissini tarbiyalaydi.

Xulosa o’rnida shuni keltirish joizki, innovatsion texnologiyalar shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub birilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchida hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimini shakllantiradi.

O’zbekiston uchinchi mingyillikka jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy sohalarini, shu jumladan, uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohalarini tubdan isloh qilish jarayonida qadam qo’ydi. Ta’lim har qanday jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatining ko’rsatkichi va taraqqiyotining asosidir. U bog’lovchi bo’g’in sifatida, ijtimoiy tajriba, ma’naviy-axloqiy va madaniy ananalarning birligini va vorisiyligini hamda jamiyat rivojini ta’minlaydi.

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ta’limiy islohotlar yagona maqsad - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni

tarbiyalash hamda tayyorlashga yo’naltirilgan bo’lib, mazkur maqsadning to’laqonli amalga oshirilishi uzluksiz ta’lim tizimini qayta shakllantirish, uning mazmunini ijtimoiy talablarga muvofiq ravishda yangilash asosida ta’minlanadi.

Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi ta’lim tizimiga ilg’or g’oyalarni tadbiq etish va shu asosda uning mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zaruriyat sanaladi.

Xo’sh, innovatsion faoliyat o’zi nima? Uning nazariy omillari nimalardan iborat?

Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish - innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar G’arbiy yevropa va AQSHda 60- yillarda paydo bo’ldi. Innovatsion faoliyat F. N. Gonobolin, S. M. Godbin, V. A. Kan-Kalik, N. V. Kuzmina, V. A. Slastenin, A. I. Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan

Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan U yangilikkiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo’lgan munosobatini, uniidrok qilishga shayligini tadqiq etadi.

Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir.

A. I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir

Tadqiqotchilar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o’rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o’zaro ta’siri mikrosathi.

Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g’oya yoritiladi.

Ikkinchi yondashuvda alohida – alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o’rnini ikkinchisi egallashidir.

Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o’lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

1. Yangi g’oya tug’ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi.

2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.

3. Yaratilgan yangilikni amalda qo’llay bilish bosqichi.

4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi


Download 455.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling