Kichik guruhlarda ishlash yo’llari:
1. Topshiriq, chalkash masala yoki savol asosida muammo tanlab olinadi. Topshiriqda bahsli jihatlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
2. Kichik guruhlarda shakllantiriladi.Guruhlardagi o’quvchilar soni 3-5 nafardan oshmasligi kerak, topshiriq xususiyati, sinfdagi o’quvchilar sonidan kelib chiqqan holda guruhdagi o’quvchilar soni o’zgarishi mumkin. Guruhlarda ishni tashkil etishda ishtirokchilarga vazifalat taqsimlanib berilgani ma’qul.
Masalan, bir o’quvchi munozarani boshqaradi, ikkinchisi yuzaga kelgan fikrlarn qog’ozga yozib boradi, uchinchisi vazifaning belgilangan vaqtda bajarilishini muvofiqlshtirib turadi,to’rtinchisi gurhning umumiy xulosalarini taqdim etadi va h.k
O’quvchilarni guruhlarga ajratishda ikki usuldan foydalaniladi.
Birinchisida, o’quvchilar xoxishiga ko’ra, ikkinchisi hisoblash usuli bilan (masalan, birinchi,... to’rtinchi, shundan keyin raqamlari bir xil o’quvchilar bitta guruhga birlashtiradilar) Guruhlarga ajratishda ikkinchi usuldan foydalangan ma’qul. Bunda xolislik tamoyiliga asoslanib, jarayon natijalarini baholash ham birmuncha oson bo’ladi.
1. Guruhlarda ishlash vaqti belgilab olinadi. Topshiriqni bajarish yo’l-yo’riqlari tushuntiriladi.Vazifani bajarish yo’lini tushunmagan guruh a’zolariga qo’shimcha izoh beriladi.
2. Guruhda ish jarayoni tugagandan keyin yakuniy xulosalar taqdimoti o’tkaziladi. Xulosalarni guruh sardori himoya qiladi.Zarur hollarda taqdimot natijalari doskaga yoki qog’ozga yozib boriladi.Imkoniyatga qarab guruhlar bir-birlariga savollar berishlari mumkin.
3. Taqdimot natijalari asosida muhokama uyushtiriladi va baholanadi.Bunda quyidagicha savollar o’rtaga tashlanadi:
A) Guruhlarga bo’linib ishlash jarayonida qanday natijalarga erishildi?
B) Qanday muammo ustida fikrlashildi,u o’z yechimini topdimi?
S) Jarayonda o’zingizni qanday his etdingiz va h.k
Do'stlaringiz bilan baham: |