Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


Buyrak tosh kasalliklarini davolashda ayrim shifobaxsh o’simliklar


Download 455.46 Kb.
bet12/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari

2.3. Buyrak tosh kasalliklarini davolashda ayrim shifobaxsh o’simliklar

Na’matak (Rosa caninaL). Itburun na’matak na’matak turkumining tarkibida ma’lum miqdorda C vitamini saqlaydigan turi hisoblanadi. Bo’yi 3 m keladigan buta bo’lib, boshqa na’mataklardan gulkosachabarglarining pastga qarab yo’nalishi hamda meva pishishi oldidan ularning tushib ketishi bilan farq qiladi. Itburun na’matak Orta O’siyoda, Rossiyaning Ovrupo qismida va Kavkazda tog’li tumanlarda , o’rmon chetlarida, bog’larda o’sadi. Tarkibi: 0,2-2,2% vitamin C, K, B va P, 4-12 mg% karotin, 8,09-18,50 % qand, 1,2-3,64 % limon va olma kislotasi, 2,7 % oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi.

Ta’siri: Diurezni oshiradi, siydik kislotali toshlar hosil bo’lishini kamaytiradi, Antimikrob ta’sir ko’rsatadi, yallig’lanishga qarshi, tomirlar devorini o’tkazuvchanligini kamaytiradi. Mevasidan tayyorlangan choy, sharbat va damlamalar kuniga 3 mahal ovqatdan keyin 100-200 ml miqdorda iste’mol qilinishi maqsadga muvofiq.

Limon (Citrus limonum Lisso). Limon shifobaxshligi va hushbo’yligi bilan mashhur Rutadoshlar oilasiga mansub, bo’yi tabiiy iqlim sharoiti, tuproq tarkibiga qarab 2,5-4 metrgacha yetadigan buta. Bargi qalin, tuxumsimon, uzunchoq, o’tkir uchli, yaltiroq bo’lib poyalarda qisqa bandi bilan ketma-ket joylashadi. Gullari mayda, hidi yoqimli, mevasi tuxumsimon, g’ora paytida yashil, pishib yetilgach sariq ranga kiradi. Mazasi nordon, ko’p urug’li bo’ladi. Keyingi vaqtlarda limon Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa O’zbekiston va Tijikiston issiqxonalarda keng ko’lamda yetishtirilmoqda. Limonning faqat mevasi emas balki bargi, novdasi, meva qobig’i, urug’i ham shifobaxsh hususiyatga ega. Hususan limondan tayyorlangan tabiiy sharbatlardan buyrak tosh kasalliklarda keng foydalaniladi. Uning natijasida siydik ph normada ya’ni 6,8-7,4 holatda saqlanib turiladi, oksalatli va uratli toshlarni yumshatadi va eritadi, tuz haydovchi va diuretik ta’sirga ega. Shuning bilan birgalikda u qon bosimini tushuruvchi sifatida ham foydalaniladi.

Makkajo’xori (Zea mays L) . Makkajo’xori bug’doydoshlar oilasiga mansub, bir yillik, bo’yi 1-3 m ga yetadigan o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, silindrsimon, bo’g’inli, ichi g’ovak. Bargi oddiy, keng lansetsimon bo’lib poyada ketma-ket joylashadi. O’simlik bir uyli, gullari bir jinsli. Changchi gullari poyaning yuqori qismida rovakka, urug’chili gullari poyaning o’rta qismidagi so’taga to’plangan. Mevasi-doncha. Avgust- sentabrda gullaydi, mevasi sentabr- oktabrda pishib yetiladi. Vatani- Janubiy Meksika. O’zbekistonda iqlimlashtirilib, yuqori hosil olinib, madaniy qishloq xo’jaligi o’simliklar qatoriga kiritilgan. O’simlik mevasi pishib yetilmasdan onalik gulining ustunchasi yig’ib olinadi va qurutiladi. Tarkibida vitamin K, askorbin va pantaten kislotalar, yog’, saponinlar, inozit, alkoloidlar, smolasimon va boshqa achchiq moddalar mavjud.

Ta’siri: Makkajo’xori onalik guli ustunchasidan tayyorlangan qaynatma, damlama, va eksraktlar o’t haydovchi, bakteriotsid, yallig’lanishlarga qarshi, tuz hosil bo’lishini kamaytiruvchi, diurezni oshiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi.

Olcha (Ceratonia siliqua L). Ra’nodoshlar oilasiga mansub. Hayotiy shakli daraxt. Barglari poyada ketma-ket joylashgan. Gullari och-pushti rangli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 a’zoli, qiyshiq, hashoratlar yordamida changlanadi. Erta bahorda gullab, yozning birinchi oyidayoq pishadi. Tarkibida organik kislotalar, pektin moddalar, vitaminlardan B, PP, C, karotinlar bilan bir qatorda K, Ca, Mg, P, Fe kabi makro va mikroelementlar mavjud.

Ta’siri: Olcha mevasidan tayyorlangan sharbatlar yallig’lanishga qarshi, buyrakdagi toshlarni yumshatuvchi va erituvchi , tuz haydovchi, Angioprotektor, diuretik ta’sirga ega.

Tarvuz (Cutrullus vulgaris L). Tarvuz Qovoqdoshlar oilasiga mansub. Poyasi o’rmalab yoki jingalaklar bilan ilashib o’sadi. Barglari oddiy, ketma-ket o’rnashgan, panjasimon. Gullari to’g’ri, ayrim jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi. Mevasi-etdor, sersuv, soxta qovoq meva.

Ta’siri: Mevasi ichki organlarni tozalovchi, diurezni oshiradi, toshlarni yuvib chiqarish hususiyatga ega.

Buyrak tosh kasalliklarining profilaktikasiga yuqoridagi o’simliklardan tashqari ta’siri juda yuqori bo’lgan dorivor o’simliklar, meva va sabzavotlar ishlatiladi. Bularga qo’shimcha qilib oddiy maymunjon (Rubus idalus), bodring (cucumus sativus L), toron (Polygonum Aviculare L) va boshqalarni aytish mumkin.

Oq qayin- betula pendula asosan Sibirning o’rmonli gul zonalarida o’sadi. Uning kurtagi, bargi va sharbatidan siydik pufagi kasalliklarida, siydik haydashda, ya’ni buyrak xastaligi bilan bog’liq bo’lgan shishlarda oq qayin bargidan tayyorlangan damlamadan iste’mol qilib, siydik ajralishini 500ml dan, 2,5 l gacha yetkazilgan.

Tayyorlash va qo’llash usullari.


  1. Quritilgan oq qayin bargidan 4 choy qoshiq olib, 2 stakan qaynatilgan suvga solib, 30 daqiqa damlanadi. So’ngra sizdirib olib, 3 – 4 mahal ichiladi.

  2. Ikki choy qoshiq kurtagini 2 stakan qaynatilgan suvga solib, 15 – 20 min qaynatiladi va uni sizdirib yarim stakandan 3 – 4 mahal ichiladi.

  3. Qayin kurtagidan 15gr olib, 0,5 l aroq quyiladi va 7 kun tindiriladi. Sizdirib olib, 1 osh qoshiq suvga 15 – 20 tomchidan solib, bir kunda 2 – 3 mahal ichiladi.

Chuchmoma - centaurea cyanus LO’rta Osiyo, Kavkaz va Uzoq Sharq hududlarida o’sadi. Undan tayyorlangan preparatlar va damlamalar kuchli siydik haydovchi va safro haydovchi hisoblanadi.

Tayyorlash va qo’llash usullari.



  1. Bir choy qoshiq gulidan olib, bir stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa damlanadi. Ovqatdan yarim soat oldin bir stakanni to’rtdan bir qismini bir kunda 3 mahal ichiladi.

  2. Bir osh qoshiq gulidan olib, bir stakan qaynoq suvga solinadi. 30 daqiqadan so’ng sizdirib olib, yarim stakandan 2 – 3 mahal ichiladi.

Bog’ gilosi – cerasus vulgaris Respublikamizning barcha hududlarida o’sib, uning mevalaridan, donidan, shohlaridan va sharbatlaridan foydalanish mumkin.

Uning mevasi parxezli mahsulot bo’lib, ishtahani ochadi, ovqatni hazm qiladi, oshqozon – ichak faoliyatini yaxshilaydi, chanqovni bosadi. Urug’idan tayyorlangan yog’li emulsiyasi kuchli siydik haydovchi xususiyatga ega. Shoxchalaridan tayyorlangan damlamasi surunkali kolit va ichaklar harakati sustlashganda qo’llaniladi. Ho’l bargining sutdagi qaynatmasi turli sariq kasalliklarida foydalaniladi. Gilosni tomiri va shohchalaridan tayyorlangan qaynatma siydik haydovchi, mikroblarga qarshi, yallig’lanishga qarshi va qonni to’xtatishda foydalaniladi.

Oddiy arpa – avena sativa Lbarcha hududlarda tarqalgan. Tarkibida 6 – 8 % yog’ , 50 – 60 % kraxmal, 14 – 16 % oqsil, kalsiy , fosfor tuzlari , efir moyi va B1, B2, A va boshqalar mavjud.

Arpa qaynatmasi siydik, safro haydovchi, terlatuvchi xossalarga ega bo’lib, buyrak, jigar kasalliklarida keng foydalaniladi. Shuningdek, turli shamollashlarda, uyqusizlikda, aqliy charchoqda, oshqozon – ichak kasalliklarida qo’llaniladi. Bolalarda raxit rivojlanganda, revmatizm, o’tirg’ich nervi shamollaganda, oyoq – qo’llarni sovuq urganda, oyoqning doimo sovuq yurishida arpa qaynatmasi bilan oyoqqa vanna qilinadi (30 – 40 gr mayda qilib kesilgan somonini suvda qaynatiladi).




Download 455.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling