Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar
Normal siydik tarkibida bo’ladigan tuzlarning kristallari
Download 455.46 Kb.
|
Buyrak tosh kasalliklari
Normal siydik tarkibida bo’ladigan tuzlarning kristallari.
1-kalsiy fosfat, 2-ammoniy urat, 3-kalsiy karbonat, 4-siydik kislotasi (urat kislota), 5-kalsiy oksalat. Siydik tarkibidagi ba’zi moddalarning taxminiy miqdori jadvalda ko’rsatilgan.Azot asosan siydikchil tarkibida chiqadi. Oqsilning parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan azotning taxminan 90%-i siydikchilga to’g’ri keladi. Normal siydikda oqsil bo’lmaydi, chunki oqsil kolloid bo’lganligidan kapillyarlarning devoridan o’tmaydi. Siydikda oqsil paydo bo’lishi buyraklarning kasallanganligini ko’rsatadi. Kapillyarlar devorining o’tkazuvchanligi patologik jarayon tufayli o’zgarib oqsilni siydikka o’tkazib yuborganda yoki buyraklar yallig’langanda siydikda oqsil paydo bo’lishi mumkin. Sog’lom odam zo’r jismoniy ish bilan shug’ullanganda siydigi bilan bir necha vaqt oqsil chiqib turishi mumkin. Yugurishda qatnashadigan sportchilarda siydik bilan oqsil chiqishi ayniqsa xarakterlidir. Siydikda oqsil paydo bo’lishi buyrak tomirlari o’tkazuvchanligining vaqtincha o’zgarishidan kelib chiqadi. Buyraklar tez orada yana normal ishlaydigan bo’lib qoladi va bunday kishilarning siydigi bilan oqsil chiqishi to’xtaydi.Siydikda oqsil paydo bo’lishi albuminuriya deb ataladi. Kasallarning siydigida ham, sog’lom kishilarning siydigida ham qand paydo bo’lishi mumkin. Diabet bilan og’irgan kishilarning siydigi bilan qand chiqib turadi. Siydikda qon paydo bo’lishi gematuriya buyraklarga yoki siydik chiqaruvchi a’zolarga qon quyilganda ko’riladi. Siydikka xarakterli tus beradigan urobilin va uroxrom degan pigmentlar normal siydikning tarkibiy qismidir. Siydik pigmentlari ichak va buyraklarda o’t pigmentlaridan hosil bo’ladi. O’t pigmentlari esa, gemoglobinning parchalanish mahsulotlaridan hosil bo’ladi. Siydik burama kanalchalardan o’tgandan keyin chiqarish yo’llari orqali buyrak jomlariga tushadi, buyrak jomlaridan esa, siydik yo’llari orqali qovuqqa keladi. Siydik qovuqda to’planib turadi va hyech bir o’zgarmaydi. Siydik uzluksiz hosil bo’ladi, qovuq esa to’lgan sayin bo’shab turadi. Qovuqdan siydik chiqarish kanali boshlanadigan joyda ikkita sfinkter bor (halqa shaklidagi mushak tutamlari shunday deb ataladi). Odatda ular qisqarib, qovuqdan chiqish teshigini jips yopib turadi. Sfinkterlardan biri qovuqdan chiqish yo’lini berkitib turadi va qovuq sfinkteri deb ataladi, ikkinchi sfinkter esa, siydik chiqarish kanalini yopib turadi va siydik chiqarish kanalining sfinkteri deb ataladi. Siydik chiqarilmayotgan vaqtda sfinkterlar yopiq turganligidan siydik qovuqda to’planaveradi. Siydik qovuqdan siydik yo’llariga qaytib chiqa olmaydi, chunki siydik qovuqqa (siydik pufagiga) qiyshiq yo’nalishda kiradi; qovuq siydik bilan to’lganda devoridagi mushak qavati siydik yo’llarining teshigini bosadi vayopib qo’yadi.Qovuqqa simpatik va parasimpatik asablardan tolalar keladi. Simpatik asablar qo’zg’alganda siydik yo’llarining harakati (perstaltikasi) kuchayadi, qovuq devorlari bo’shashadi, sfinkteri esa yanada qattiqroq qisadi; shunday qilib, simpatik asabning qo’zg’alishi qovuqda siydik to’planishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Parasimpatik asablarning qo’zg’alishi simpatik asablarning qo’zg’alishida ko’riladigan hodisalarning aksini vujudga keltiradi. Qovuq devorlari parasimpatik asablar ta’sirida qisqaradi, sfinkteri bo’shashadi va siydik qovuqdan haydalib chiqadi.Siydik chiqarish-refleks yo’li bilan bo’ladigan hodisadir. Qovuqdagi siydik bosimining ortishi tufayli markazga intiluvchi asablarning oxirlari ta’sirlanadi. Qovuqqa siydik kirgan sayin undagi bosim oshadi va devorlari cho’ziladi. Qovuqdagi bosimning suv ustuni hisobi bilan 12-15 sm gacha ko’tarilishi va qovuq devorlarining cho’zilishi qovuq devoridagi asab oxirlariga (markazga intiluvchi asab oxirlariga) ta’sir etadi. Reseptorlarda qo’zg’alish paydo bo’ladi, bu ko’zg’alish markaziy asab tizimiga o’tadi, u yerdan esa markazdan qochuvchi harakatlantiruvchi asablar orqali qovuqqa kelib, uning qisqarishiga, shu bilan birga sfinkterlarning bo’shashiga sabab bo’ladi. Natijada siydik chiqariladi.Refleks yo’li bilan siydik chiqarish markazi orqa miyaning dumg’aza bo’limidadir. Markaziy asab tizimining oliy bo’limlari: uzunchoq miya, o’rta miya va bosh miya po’stlog’i o’sha markazning reflektor faoliyatiga ta’sir etadi. Markaziy asab tizimining shu bo’limlaridan keluvchi qo’zg’alish orqa miyadagi siydik chiqarish markaziga borib, siydik chiqarishga refleks yo’li bilan ta’sir etadi. Odam siydikni tuta oladi yoki qovug’i yetarli to’lishmaganda va siydik chiqarish refleksi bo’lmaganda ham siydik chiqara oladi. Siydik chiqarishga bosh miya po’stlog’i ta’sir etadi. Bosh miya po’stlog’idan siydik chiqarish kanalining sfinkteriga impulslar kelib, uni bo’shashtiradi. Yosh bolalar asta-sekin, ulg’aygan sayin siydik tutadigan bo’lib qoladi. Katta yoshli bolalar va o’rta yashar kishilarning beixtiyor siydik chiqarishi, shuningdek kechasi siydik tuta olmasligi markaziy asab tizimining xastaligidan darak beradi. Download 455.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling