Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


Download 455.46 Kb.
bet5/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari

Nefronning tuzilish sxemasi.

1-koptokcha; 2-birinchi tartibdagi burama kanalcha; 3-Genle qovuzlog’ining tushuvchi (proksimal) bo’limi; 4-Genle qovuzlog’ining ko’tariluvchi (distal) bo’limi; 5-ikkinchi tartibdagi burma kanalcha; 6-yig’uvchi naychalar; Nefronning turli qismlaridagi epiteliyning tuzilishi tugaraklar ichida ko’rsatilgan.

Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi (metabolizmi) natijasida hosil bo’ladigan turli moddalarni, tashqi muhitdan kirgan yot va zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuboradi, shu bilan bir qatorda yana quyidagi funksiyalarni bajarishda ishtirok etadi:

1. qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm barqarorligini saqlashda;

2. bu suyuqliklarning osmotik bosimi barqarorligini saqlashda (izoosmiya).

3. bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini ta’minlashda (izoioniya).

4. kislota – asos muvozantini saqlashda;

5. qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda;

6. oqsil, yog’ va karbonsular almashinuvida;

7. qon bosimi, eritrositlarning hosil bo’lishi, qonning ivishini boshqarishda;

8. fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalarni sintezlab, qonga ajralishida.

Bu funksiyalar buyraklar tomonidan filtrlanish, reabsorbsiya (qayta so’rilish), sekresiya moddalarni sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi.

Nefron-buyraklarning morfologik va funksional birligi.

Buyrak mikroskopda qaralganda ko’rinadigan asosiy tuzilma birligi nefron deyiladi, u asosan po’stloq qavatda joylashgan. har bir nefron qo’sh devorli tovoqcha shaklidagi kichik kapsula (Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi) dan boshlanadi. Bu kapsula ichida kapillyarlar kalavasi (Malpigiy koptokchasi) bor. Malpigiy koptokchasi kapillyarlarining endoteliy hujayralarida diametri 0,1 mk keladigan teshiklar bor.

Shumlyanskiy kapsulasi bo’shlig’idan avvalgi buralgan siydik kanalchasi-birinchi tartibdagi burma kanalcha boshlanadi. Bu qanalcha po’stloq va mag’iz qavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va to’g’rilanadi. Kanalcha buyrakning mag’iz qavatida Genle qovuzlog’ini hg’osil qiladi va buyrakning po’stloq qavatiga qaytadi. Shunday qilib Genle qovuzlog’i tushuvchi, yoki proksimal qism bilan ko’tariluvchi, yoki distal qismdan iborat. Kanalcha buyrakning po’stloq qavatida yoki po’stloq bilan mag’iz qavati chegarasida yana burama shaklga kirib, ikkinchi tartibdagi burama kanalchani hosil qiladi. Bu kanalcha chiqaruvchi yo’l-yig’uvchi naychaga quyiladi. Bunday yig’uvchi naychalarning bir qanchasi qo’shilib umumiy chiqaruvchi yo’llarni hosil qiladi, bu yo’llar buyrakning mag’iz qavatidan o’tib, buyrak jomi bo’shlig’iga turtib chiqib turuvchi surg’ichlarning uchiga ochiladi. Har bir Shumlyanskiy – Boumen kapsulasining diamteri qariyb 0•2 mm, bir nefron kanalchalarining umumiy uzunligi esa 35-50 mm ga yetadi. odam buyragida nefronlarning miqdori o’rtacha 1 mln ga teng.

Shunday qilib, nefron uzun kanal bo’lib, proksimal bo’limi koptochkalar arteriya va kapillyarlarini distal bo’limi esa yig’iuvchi naychalarni o’rab oladi. Nefronda quyidagi bo’limlar mavjud:



  1. buyrak (Malpigiy) koptokchasi, Shumlyanskiy - Boumen, kapsulasi;

  2. birichni tartibdagi burma kanalcha (proksimal segmenti), to’g’ri tushuvchi bo’lim - nefron qovuzlog’ (Genle);

  3. nefron qovuzlog’ining yupqa segmenti;

  4. nefron qovuzlog’ining ko’tariluvchi yo’g’on bo’limi va ikkinchi tartibdagi burama kanalcha. Distal burama kanalcha yig’uvchi naychaga quyiladi.

Siydik yo’li (nayi) ingichka naychaga o’xshaydi, uning uzunligi 25 – 28 sm keladi. Siydik yo’li buyrak jomining quyi qismidan boshlanib, pastga tomon yo’l oladi, umurtqaga parallel ravishda joylashadi. Siydik yo’li (nayi) quyi qismida o’ng tomonda ham, chap tomonda ham yirik tomirlar bilan kesishadi va keyinchalik qovuqning orqa yuzasidan o’tib, uning quyi qismiga tutashadi. Siydik yo’lining jomdan boshlangan yerida, yonbosh tomirlar bilan kesishgan joyida, qovuqqa tutashgan joyida uchta fiziologik toraygan qismlari bor. Ana shu joylarda buyrak jomidan tutashadigan siydik toshlari aksari tiqilib, to’xtab qoladi.

Qovuq kichik chanoqning oldingi qismida, qov bog’imi orqasida joylashgan. U yumaloq yoki cho’zinchoq shaklda. Qovuq ich tomondan silliq, yaltiroq shilliq parda bilan qoplangan. Uning devorining bag’rida muskul qavati bor. U qisqarganda qovuq bo’shab, siydik chiqadi. Qovuqning normal siydik sig’imi 250ml. Qovuqning quyi qismida, orqa devorida siydik yo’lining ikkita teshigi bor, ulardan vaqti – vaqti bilan oz – ozdan siydik tushib turadi. Siydik yo’li teshiklaridan pastda qovuq asta – sekin torayib, siydik chiqarish kanaliga aylanadi. Shu qism qovuq bo’yni deb ataladi.




Download 455.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling