Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


SIYDIK – TANOSIL ORGANLARINING TUZILISHI


Download 455.46 Kb.
bet4/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari

1.1. SIYDIK – TANOSIL ORGANLARINING TUZILISHI.

Buyraklar siydik ajratuvchi sistemadagi juft organdir. Ular qorin bo’shlig’ining orqa devorida, 12 – ko’krak va 1 – bel umurtqa pog’onasi sohasida joylashgan. O’ng buyrak chap buyrakga qaraganda ancha past turadi.

Chaqaloqlarda buyraklar nisbatan katta bo’lganligi va umurtqa pog’onasi kaltaligi tufayli kattalardagiga qaraganda ancha past turadi

Buyraklar loviya shaklda bo’lib, sirti pishiq biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Ular atrofida yog’ bo’lib, buyrakni silkinishdan, turtkilardan saqlaydi. Har bir buyrakning vazni o’rta hisobda 150 g, bo’yi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi - 3-4 sm keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan biroz qovariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo’lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyraklarga buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi chiqadi.



Ajratuv tizimining umumiy ko’rinishi (I) buyrakning ichki ko’rinishi (II).

1-buyrak; 2-siydik yo’li; 3-qovuq (siydik pufagi); 4-buyrak arteriyasi; 5-buyrak venasi; 6-buyrakning po’stloq qismi; 7-buyrakning mag’iz qismi; 8-buyrak jomi; 9-kichik; kosachalar; 10-katta kosachalar; 11-piramidalar.

Buyraklarning frontal kesishda u 2 qavatdan: po’stloq va mag’iz qavatdan tuzilgan. Po’stloq qavati qizil-qo’ng’ir rangda, 5-7 mm qalinlikda bo’lib, ichki oqish qismi mag’iz moddasidan tuzilgan. Po’stloq qavat ustunchalar shaklida mag’iz qavatdagi 15-20 ta piramidachalar orasida joylashgan.








Download 455.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling