Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


BUYRAKLAR FAOLIYATINING BOSHQARILISHI


Download 455.46 Kb.
bet7/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari

1.3 BUYRAKLAR FAOLIYATINING BOSHQARILISHI.

Zamonaviy kuzatishlar shuni ko’rsatib turibdiki, buyraklar faoliyatining boshqarilishida ikkita tizim: asab va gumoral ishtirok etadi. Vegetativ asab tizimi nafaqat koptokchalar filtrasiyasini balki kanalchalardagi reabsarbsiyani ham boshqarib turadi.

Simpatik asablar buyrakni innervasiya qilib, asosan tomirtorayuvchi natija beradi. Ularning qitiqlanishi oqibatida siydik bilan chiqadigan suvning miqdori kamayib, natriy miqdori esa oshadi. Simpatik asab qirqilgan (buyrakni innervasiya qiladigan asab) siydikning miqdori ortadi. Biroq, simpatik asab tizimi qo’zg’alganda koptokchalar arteriolalari torayib, siydik filtrasiyasi kuchayadi. Og’riq ta’sirida diurez (siydik hosil bo’lishi va chiqishi) refleks yo’li bilan kamayadi, hatto to’xtatiladi. bunday vaqtda simpatik asab tizimining qo’zg’alishi va vazopressin gormoni miqdorining oshishi natijasida buyrak qon tomirlari toraydi.Buyraklar faoliyatida parasimpatik asab tizimining ta’siri haligacha oxirgacha o’rganib chiqilgan emas. Faqat shuni aytib o’tish zarurki, bu asabning qo’zg’alishi natijasida siydik bilan (qayta so’rilishining pasayishi sababli) ko’p miqdorda xloridlar ajralib chiqadi.

Yu.V.Natochin laboratoriyalarida (Rossiya) buyraklar faoliyatida oliy asab faoliyatining ishtirokini aniqlab bergan. Masalan, markaziy asab tizimining eng oliy tuzilmasi - miya po’stlog’i sut emizuvchilarning buyrak faoliyatini vegetativ asablar yoki gipotalamus orqali keskin o’zgartiradi. Gipotalamus yadrolarining o’zida (neyrosekretor hujayralarda) antidiuretik gormon-vazopressin hosil bo’lib, gipofizning orqa bo’limida (neyrogipofizda) zahira bo’lib turadi. Organizmning ichki muhiti holatiga qarab vazopressin gipofizdan qonga o’tib diurezni boshqaradi. Buyraklar faoliyatining bunday yo’l bilan boshqarilishi nerv-gormonal boshqarilish deyiladi.

Gumoral boshqarilishi ham gormonlar – vazopressin va aldosteron tufayli amalga oshadi. Vazopressin qonga o’tib, siydikning qayta so’rilishini kuchaytiradi va shu bilan diurezni kamaytiradi. Qonda bu gormon miqdorining oshib ketishi natijasida siydik hosil bo’lish jarayoni butunlay to’xtatiladi. Vazopressining yetishmasligi oqibatida o’tkir kasallik - qandsiz diabet paydo bo’ladi. Uning tarkibida qand umuman bo’lmaydi.Gumoral boshqarilishida yana bir gormon - aldosteron muhim rol o’ynaydi. U natriy ionlarining qayta so’rilishi (reabsorbsiya) ga ishtirok etadi. Bu gormon buyrak usti bezlarning po’stlog’ qavatida hosil bo’lib, nefron kanalchalarning distal (ko’tarilovchi) bo’limidan kaliy ionlarining chiqishida ishtirok etadi. Aldosteron nefronning proksimal (tushuvchi) bo’limida kalsiy va magniyning qayta so’rilishiga salbiy, tormozlovchi omil sifatida ta’sir etadi.Gialuronidaza fermenti ta’sirida yig’uvchi naylar o’tkazuvchanligi ortadi. Yig’uvchi naylar devoridagi hujayraaro modda tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini gialuronidaza fermenti depolimerlaydi. Gialuron kislotasi depolimerlanganda yig’uvchi naylarning devori g’ovak bo’lib suvni o’tkazib yuboradi. Gialuronidaza antidiuretik gormonlar ta’sirida faollashadi yoki yig’uvchi naylar epiteliyida hosil bo’ladi, natijada suv so’rilishi kuchayadi.


Download 455.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling