Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Rasional suv iste’moli. Katta yoshdagi insonlar organizmining 60-65% ni 
suyuqlik tashkil etadi. Organizmda suv kimyoviy birikmalarning suyuqligi 
shakllarida bo‗ladi.
Suv qon plazmasi va limfa suyuqlgining asosiy qismini tashkil etadi. Barcha 
modda almashinuv jarayonlari suv ishtirokida amalga oshadi. Insonning suvga 
kunlik talabi - 2-2,5 l, og‗ir jismoniy mexnat bilan shug‗ullanuvchilar esa - 2,5-3,0 
l va undan ko‗p suv ichishlari kerak. Kun davomida bir necha stakan suv ichish
tavsiya etiladi, qolgan suv choy va boshqa ichimliklar hamda ozuqa maxsulotlari 
tarkibida organizmga kiritiladi. Ko‗plab maxsulotlar asosan sabzavotlar va 
mevalarda suv ko‗p bo‗ladi. Suvni kam ichish ham, suvni ko‗p ichish ham 
organimzga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Organizmga qancha suv kerakligi, 
suvning sarf etilishiga bog‗liq bo‗ladi. Og‗ir jismoniy yuklamalar bajarilgandan 
so‗ng minerallarga boy suvlar, ko‗k choy va sharbatlar ichish tavsiya etiladi. Suv 
ichish qoidalariga rioya qilish sog‗likni mustahkamlash, aqliy va jismoniy 
ishchanlikni oshirishga katta yordam beradi.
Tibbiyot tavsiyasiga ko‗ra ertalab och qoringa 200-300 gr iliq suv ichish 
ko‗plab kasalliklarni davolash va oldini olishni ta‘minlay oladi. Suv ichilgach 
nonushta 45 daqiqadan so‗ng qilinishi tavsiya etiladi. Bunday tartibda suv ichish 
bilan oshqozon ichak kasalliklari, qabziyat, arterial bosim va qonda qandning 
ortishi, nafas qisishi, allergik kasalliklar, jigar va o‗t pufagi kasalliklari, bo‗g‗imlar 
og‗riqlari, buyrakda tosh va tuz to‗planishi oldi olinadi va bartaraf etiladi. 
Zararli odatlarni tark etish: Tamaki maxsulotlari chekish, alkogol ichimliklar 
ichish, giyohvand moddalar qabul qilish organizmga salbiy ta‘sir ko‗rsatib, aqliy 
va jismoniy ish qobiliyatini pasayishiga va oxir oqibat nobud bo‗lishga olib keladi. 
Kashandalik – zararli va xavfli odat bo‗lib, ortirilgan refleks sifatida 
shakllanadi. Tamaki chekishda tutun bilan organizmga ko‗plab zaharli moddalar 


57 
kiradi. Tamaki chekish inson organizmining fiziologik ehtiyoji bo‗lib 
hisoblanmaydi. CHekish yashash sharoitlari va ijtimoiy xususiyatlar ta‘sirida 
shakllanadi. CHekish ehtiyojini fiziologik nuqtai nazardan ham ijtimoiy nuqtai 
nazardan ham organizm uchun zarur deb ta‘kidlanmaydi. Aksincha, tibbiyotda 
chekishni organizmga ko‗plab zararlari mavjudgini isbot qilingan. CHekishda 
inson nafas oladigan tamaki tutunida 300 dan tortiq zararli moddalar bo‗lib, ular 
chekuvchilar organizmiga zararli ta‘sir ko‗rsatadi. Bulardan is gazi, mum, etilen, 
izopren, benzopiren, oltingugurt, ammiak, formal‘degid, sinil‘ kislotasi, radioaktiv 
elementlar, qo‗rg‗oshin, vismut, simob, kadmiy, kobal‘t metallarining tuzlari va 
zaharli narkotik – nikotinni ko‗rsatib o‗tish mumkin.
Is gazi (SO) – kislorodga nisbatan 300 marta tezroq eritrositdagi gemoglobin 
bilan birikib oladi. Natijada qondagi kislorod hajmi keskin kamayib ketadi, 
to‗qimalarda kislorod etishmovchiligi yuzaga keladi. Bosh miya to‗qimalari 
kislorod etishmovchiligiga juda sezuvchan bo‗lib, bosh og‗riqlari, bosh aylanishiga 
olib keladi, bu bilan insonning ishchanlik samaradorligi pasayib ketadi. Tamaki 
tarkibidagi yuqorida qayd etilgan zaharli moddalar inson organizmida o‗pkalarda 
o‗tirib qoladi, o‗tkir toliqishlar, bosh og‗riqlari, uyqusizlikka olib keladi
to‗qimalarni emirib xavfli o‗smalarni shakllantiradi. Kashandalarning qo‗llari 
qaltiraydigan, yurganda sandiraqlaydigan, ba‘zan qizib, ba‘zan sovqotib ketadigan, 
yurak urishlari tezlashadigan ba‘zan esa sekinlishb ketadigan bo‗lib qoladi. Bu 
zaharli modda nikotinning organizmga ta‘siri bo‗lib hisoblanadi. Bir dona sigaret 
chekish yurak urishini 10-15 martaga tezlashtiradi. Oddiy insonlarga nisbatan 
kashandalarning yuragi sutkasiga 15-20 ming ko‗proq uradi. Bu holat yurak 
muskullarini ortiqcha zo‗riqishlariga olib keladi. 
Nikotin ta‘sirida qon tomirlar devorlari qalinlashib ketadi, tomirlar 
artereoskleroz kasalliklari rivojlanadi. Nikotinning zaxarli ta‘siri ko‗z organlariga 
ham salbiy ta‘sir etadi. Ko‗rish qobiliyati susayadi. Bir dona sigaret chekilganda 
nikotinning 20% kashanda organizmida qoladi, 25% tamaki yonishida yo‗q bo‗lib 
ketadi, 5% sigaret qoldig‗ida qolsa, 50% atrof muhitga tarqaladi. Havoga tarqagan 
tutundagi nikotin bilan chekmaydigan insonlar qolaversa yosh bolalar jabrlanadi. 


58 
Hozirgi kunda sport inshootlarida, ta‘lim muassasalarida, madaniy hordiq 
chiqarish joylarida va aholi ommaviy yig‗iladigan joylarda chekish qat‘iyan 
taqiqlanmoqda. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling