Logistika tizimining zamonaviy konsepsiyasi


Download 23.1 Kb.
bet6/7
Sana12.02.2023
Hajmi23.1 Kb.
#1190709
1   2   3   4   5   6   7
Logistika tizimi – bu moddiy oqimlarni boshqarish va tashkil etishning shakllari, uslublari va qoidalarning yig’indisidir.
Logistika tizimi tarkibida tizimostilarning uchta darajasi ajratiladi:
- elementli darajasi;
- funksional darajasi;
- tashkiliy daraja.
Birinchi darajali (elementli) tizimostilar logistik zanjirning asosiy bo’g’inlari samarali ishlashini va o’zaro kelishilganligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat turlarini belgilab beradi. Ular qatoriga quyidagi tizimostilar kiradi: logistika bo’linmalarining faoliyatini tashkil etish, omborlar va transport ishini tashkil etish.
Logistik tizimning funksional darajasi tuzilishi jihatidan, moddiy oqimlarni boshqarish uslublari va tamoyillari jihatidan turli xil bo’lgan jarayonlar guruhini tasniflab beradi. Bu tizimostilar guruhi quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni tashkil etish, xaridlarni boshqarish, logistika qarorlarining huquqiy va axborot ta’minotini tashkil etish, mahsulot sotishni tashkil etish.
Tashkiliy daraja – jarayonlarning hamma guruhlarini bir butun jarayonga yig’uvchi tizimostilarni o’z ichiga oladi. Bu tizimostilar: buyurtmalarni boshqarish va ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarishni tashkil etish.
Ko’rsatib o’tilgan tizimostilarning har biri o’ziga tegishli masalalarni hal qiladi.
Masalan, omborlar ishini tashkil etish tizimostisi omborlar soni va tuzilishini, ular bajaradigan ishlarni aniqlab berish, materiallar hisobi va nazorati bo’yicha muammolarni hal qiladi. Transport ishini tashkil etish tizimostisi transport vositalarining turi va miqdori, transport yo’nalishlari va harakatlanish chizmalarini o’rnatish, yuk oqimlarini optimallashtirish bo’yicha muammolarni hal qilishga qaratilgan. Logistika bo’linmalarining faoliyatini tashkil etuvchi tizimosti u bajaradigan ishlar, logistika jarayonini kadrlar bilan ta’minlash bo’yicha muammolarni hal qilish uchun xizmat qiladi.
4. Logistikaning marketing va ishlab chiqarishni

Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling