Logistika tizimining zamonaviy konsepsiyasi


Download 23.1 Kb.
bet1/7
Sana12.02.2023
Hajmi23.1 Kb.
#1190709
  1   2   3   4   5   6   7

LOGISTIKA TIZIMINING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI
Reja:

    1. Logistikaning funksiyalari va tamoyillari.

    2. Logistikaning konseptual tashkil etuvchilari.

    3. Logistikaning maqsadlari va tizimlari.

    4. Logistikaning marketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish

bilan funksional o’zaro bog’liqligi.


    1. Logistikaning funksiyalari va tamoyillari

Logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi:


- integrasiyalashuvchi funksiya tovar harakati jarayonini bir butun jarayon sifatida tashkil etadi;
- tashkillashtiruvchi funksiya tovar harakati qatnashchilarini o’zaro kelishilganligini ta’minlaydi;
- boshqaruvchi funksiya material o’tkazuvchi tizim parametrlarini belgilangan chegarada ushlab turadi.
Integarsiyalashuvchi funksiya. Tovarlarni yetkazib beruvchidan iste’molchigacha bo’lgan harakati davomida moddiy oqim materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) bosqichlaridan o’tadi. Tovar harakatining har bir bosqichi o’ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishli bo’lgan masalalarni yechadi. Lekin ularning birontasi ham tovar harakati jarayonidan tashqarida mustaqil ko’rib chiqilishi mumkin emas. Bu jarayonda muhim o’rinni sotish egallaydi, u ishlab chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar xaridining hajmini va nomenklaturasini hamda bu bosqichlarning bir – biriga munosabatlarini asoslab beradi.
Shu bilan birga tovar harakatining har bir bosqichi, o’z o’rnida ham ishlab chiqarish jarayoniga, ham umuman tovar harakati jarayonining o’tishiga ta’sir o’tkazadi. Masalan, savdo bozorining kengayishi ishlab chiqarish va xarid qilish hajmining o’sishiga olib keladi. Materiallar yetkazib berilishining vaqtinchalik to’xtashi yoki ularga qo’yilgan taklifning keskin oshib ketishi, materiallarni katta miqdorda va arzonroq narxda sotib olish hisobiga zahiralar miqdorining ortib ketishiga olib keladi.
Logistika xarid qilish, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarini bitta umumiy jarayonga birlashtiradi.
Logistika orqali materiallar oqimini boshqarish bir butun, integrasiyalashgan tizim sifatida amalga oshiriladi, u xom ashyo manbalarini qayta ishlashning bir nechta bosqichlarini va tayyor mahsulotni sotishni qamrab oladi. Tizim ostining alohida, lokal (xususiy) masalalaridan ishlab chiqarish tashkilotining global (umumiy) maqsadlariga o’tish amalga oshiriladi.
Tashkillashtiruvchi funksiya. Tovar harakati jarayonida yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o’rtasida xo’jalik aloqalari tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Xo’jalik aloqalarining obyektiv asosi bo’lib mehnatni tovar harakati bosqichlari bo’yicha bulinishi xizmat qiladi, bu esa jarayonlarning alohidalashuviga olib keladi va turli aloqa tizimlari birlashtiruvchilarini sozlash talabini vujudga keltiradi. Bu masalaning yechimi bir butun oqimli jarayon ichida materiallar va axborotning ishlab chiqaruvchi – iste’molchi zanjiri bo’yicha harakatini tashkil etish, alohida bosqichlarini o’zaro ta’sirini ta’minlash va tovar harakati qatnashchilari harakatlarini moslashtirish orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi funksiya. Ko’rib chiqilayotgan jarayonning hamma qismlarini bir-biriga muvofiqlashtirish va o’zaro maqbul harakatiga erishish uchun ularni boshqarish zarur. Logistik boshqaruv hamma turdagi resurslarning iqtisodiga, tovar harakati bosqichlarida jonli va buyumlashtirilgan mehnatga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. Keng ma’noda logistikaning materiallar harakati jarayoniga boshqaruv ta’siri material o’tkazuvchi tizim parametrlarini berilgan chegarada saqlashdan iborat.
Shunday qilish, logistika tovar harakati jarayonining shakllanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari o’rtasida zarur xo’jalik aloqalarini o’rnatish yo’li bilan uning samarali ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini ta’minlab beradi.

Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling