Butun logistik zanjir davomida xarajatlar hisobi. Logistikaning asosiy maqsadlaridan biri – moddiy oqimning birlamchi xom ashyodan to oxirgi iste’molchigacha yetkazib berishga ketadigan xarajatlarni boshqarishdir. Lekin tovar harakati jarayonida xarajatlarni boshqarish faqatgina chuqur hisobot amalga oshirilsagina mumkin bo’ladi. Logistik jarayonlar va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimi, logistik funksiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni ajratishi, eng muhim xarajatlar haqida, hamda ularning o’zaro ta’siri haqida ma’lumotlarni shakllantirishi zarur. Bu shart bajarilsa, logistik tizimning optimal shaklining asosiy mezonini ishlatish imkoniyati vujudga keladi – butun logistik zanjir davomida eng kam xarajatlar yig’indisi hosil bo’ladi.
Logistikaga korxonaning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish. Logistikaning raqobatbardoshlik omili sifatida ko’rib chiqilishi, shu sohada qabul qilinayotgan qarorlar, mahsulot sotishdan tushadigan foydaga ko’rsatadigan ta’siri nuqtai nazaridan baholanishi zarurligini ko’zda tutadi. Shuning uchun logistikani korxona ishining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlar bilan bog’liqligini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarini qidirish masalasi yuzaga keladi.
3. Logistikaning maqsadlari va tizimi
Logistikaning asosiy maqsadlari. Ikkinchi darajali maqsadlar logistikaning bosh maqsadiga erishish vositalari bo’lib hisoblanadi hamda asosiy maqsadlarga xizmat qilib, ularni logistika sohasidagi korxonaning faoliyati aniqlab beradi.
2-jadval
Logistikaning asosiy maqsadlari va ularni amalga oshirish
bo’yicha bajariladigan ishlar yo’nalishlari
Faoliyat sohasi
|
Logistikaning asosiy maqsadlari
|
Logistika maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha bajariladigan ishlar yo’nalishi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |