Logistika tizimining zamonaviy konsepsiyasi
Logistikaning konseptual tashkil etuvchilari
Download 23.1 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish.
- Iqtisodiy kompromiss (kelishuv)lar asosida qarorlar qabul qilish
Logistikaning konseptual tashkil etuvchilari
Konsepsiya – bu yondashuvlar tizimi, hodisalarni, jarayonlarni u yoki bu tarzda tushunishdir. Moddiy oqimlarni boshqarishni oqilona tashkil etish yo’li bilan xo’jalik faoliyatini takomillashtirishga yondashuvlar tizimi logistikaning konsepsiyasini xarakterlaydi. Bu konsepsiyaning tashkil etuvchilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - logistika masalalarini yechishda tizimli yondashuv tamoyilini amalga oshirish; - iqtisodiy kelishuvlar asosida qarorlar qabul qilish; - butun logistik zanjir davomida xarajatlarni hisobga olish; - logistikaga korxonalarning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish. Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish. Logistikada tizimli yondashish xo’jalik yurituvchi subyektlarni o’zaro bog’liq tizim ostilar kompleksi – ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish bo’linmalari sifatida ko’rib chiqishni nazarda tutadi, ular tashqi muhitdan olinadigan va uzatiladigan ma’lumotlar asosida boshqariladi. Logistik tizimlarning faoliyati murakkab asos – natija aloqalarining ham tizimlar ichida, ham tashqi muhit bilan munosabatlarida vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda tizimlar faoliyatining umumiy maqsadlarini hisobga olmasdan, alohida qarorlar qabul qilish yetarli emas yoki xato bo’lishi mumkin. 1-misol. Korxonaning boshqaruv bo’limi shakarni qog’oz paketlarga joylashtirish haqida qaror qabul qiladi. Qoplarga qadoqlangan shakarni tashishga, yuklashga va boshqa texnologik amallarni bajarishga moslashtirilgan umuman tovar harakati tizimi bu qarorga qanday munosabatda bo’ladi? Tizimli yondashishga binoan ishlab chiqaruvchi korxonada shakarni qadoqlash haqidagi qarorlar transport va savdo-sotiq tashkilotlarining talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur va maqsadi moddiy oqimni optimallashtirishdan iborat bo’lishi kerak. Iqtisodiy kompromiss (kelishuv)lar asosida qarorlar qabul qilish – iqtisodiy kkelishuvlarni ishlatish hamda logistik jarayonda qatnashuvchi hamma ishlab chiqarish tashkilotlarining qiziqish doirasini namoyon qiluvchi hisobotlarda aks etadi. Iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish, tovar harakatining alohida bosqichlarini tutashuv joylarida logistikaning aralash funksiyalari talablarini hisobga olish zaruriyatini ko’zda tutadi. Bu kelib tushishining hajmi, tezligi va unga ketadigan xarajatlardagi ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq holda ko’rib chiqilishi, xaridlar miqdori haqida qarorlar esa buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar va zahiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar hisobga olingan holda qabul qilinishi zarurligini bildiradi. Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling