86
Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagicha yaratilishi mumkin:
•
erkin iqtisodiy zonalar;
• maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
• turistik va rekreatsiya zonalari;
• erkin savdo zonalari;
• maxsus sanoat zonalari.
Erkin iqtisodiy zona
Erkin iqtisodiy zona-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish,
yuqori
texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish,
zamonaviy raqobatbardosh, import
o‘rnini
bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarishni rivojlantirishda
faol ishtirok etish, shuningdek ishlab chiqarish,
muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy
infratuzilma va logistika
xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan hudud.
Maxsus ilmiy va texnologik zona
Maxsus ilmiy va texnologik zona-innovatsion infratuzilmani rivojlantirish
uchun ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik
parklar, texnologiyalarni tarqatish markazlari (texnologiyalarni uzatish),
innovatsion
klasterlar, venchur fondlari, biznes — inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hudud.
Do'stlaringiz bilan baham: