Логистика


Turistik-rekreatsiya zonasi


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/232
Sana18.10.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1707742
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   232
Bog'liq
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023

Turistik-rekreatsiya zonasi 
Turistik-rekreatsiya zonasi-unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini 
(mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa 
turistik obyektlar), maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini 
tashkil etish bo‘ yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun turistlarga xizmat 
ko ‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’ minlagan holda tashkil etiladigan hudud. 
 Erkin savdo zonalari 
Erkin savdo zonalariga konsignatsiya omborlari, maxsus bojxona va soliq 
rejimlariga ega hududlar, shuningdek tovarlarni qayta ishlash, qadoqlash, saralash
saqlash joylari kiradi. 
Erkin savdo zonalari O‘zbekiston Respublikasi chegara punktlarida, 
aeroportlarda, temir yo‘l uzellarida yoki bojxona hududining boshqa joylarida tashkil 
etiladi. 
Maxsus sanoat zonasi 
Maxsus sanoat zonasi-boshqaruv, iqtisodiy va moliyaviy faoliyatning maxsus 
rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-
texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy 
infratuzilmani yaratish uchun yer uchastkalarini ajratish yo‘li bilan shakllanadigan 
xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi. 
Maxsus sanoat zonasining faoliyat ko‘rsatish qoidalari va tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
2008-yildan 2021-yil yanvargacha bo‘lgan davrda maxsus iqtisodiy zonalar 
hududlarida jami 2,4 mlrd dollarlik 448 ta loyiha amalga oshirildi, shundan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 764,6 mln dollarni tashkil etadi, buning natijasida 34 
mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yiriklari Angren 


87 
EIZda (730,7 mln dollarlik 73 ta loyiha), Urgut EIZda (312,9 mln dollarlik 55 ta 
loyiha), Navoiy EIZda (282,8 mln dollarlik 53 ta loyiha) va Buxoro-Agro EIZda (282,8 
mln dollarlik 112 ta loyiha) amalga oshirildi. 325,1 mln dollar). 
Hozirgi vaqtda dunyoning 140 mamlakatida 4500 dan ortiq EIZ mavjud bo‘lib, 
ularda 70 millionga yaqin kishi ishlaydi. Jahon prognozlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib 
maxsus iqtisodiy zonalar jahon savdosining 20-25 foizini tashkil qiladi. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling