Логистика


Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagicha yaratilishi mumkin


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/232
Sana18.10.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1707742
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   232
Bog'liq
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023

Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagicha yaratilishi mumkin: 
* maxsus savdo zonalari 
* maxsus ishlab chiqarish zonalari 
* maxsus ilmiy-texnik va boshqa zonalar 
Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan 
investitsiya loyihalari investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytga qadar 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasida 
ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi turdagi 
mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutishi kerak. 


88 
2. O‘zbekistonda EIZni normativ-huquqiy tartibga solish
 
Maxsus iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 
tashkil etiladi. Maxsus iqtisodiy zonaning holati, shuningdek uni yaratish muddati uni 
yaratish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi. Maxsus iqtisodiy zonaning chegaralari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddat tugashidan kamida uch 
yil oldin amalga oshiriladi. 
Normativ-huquqiy hujjatlar 
- O‘zbekiston Respublikasining"Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida" 
17.02.2020-yildagi O‘RQ-604-sonli qonuni; 
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-
sonli "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoni 
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi "Baliqchilik 
tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-
3657-son qarori; 
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasini 
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida "2018-yil 12-apreldagi PF-5412-son farmoni; 
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining 
samarali ishlashi uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
muvofiqlashtirilishini kuchaytirish va javobgarligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida" gi 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3175-son qarori; 
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 
29-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik 
sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida"2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston 
Respublikasining Erkin iqtisodiy zonalarida import o‘rnini bosuvchi va eksportga 
yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida" 2017-yil 27-fevraldagi 110-son qarori. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling