Логистика


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/232
Sana18.10.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1707742
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   232
Bog'liq
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023

 
2-Keys. Hisobot davrida Farg‘ona viloyatida 
qishloq 
xo‘jaligi 
mahsulotlarini 
sotish 
bilan 
shug‘ullanuvchi korxonaning sotish rentabelligi (yalpi 
foyda bo‘yicha) ko‘rsatkichi 7 foizni tashkil etdi. 
Korxona 
iqtisodchisining 
hisob-kitoblariga 
ko‘ra, 
logistika xarajatlari operatsion xarajatlarning 24 foizini 
tashkil etdi. Taklif etilgan maslahatchi tahlil natijasida 
xarajatlarni optimallashtirish sohasida imkoniyat mavjudligini aniqladi, buning 
natijasida logistika xarajatlari 10% ga kamayishi mumkin.
Vazifa: 
Savollarga javob bering: 
* Savdo korxonasining logistika xarajatlarining tarkibi va tuzilishi qanday? 
Ularni optimallashtirish qanday ko‘rib chiqilishi kerak?
* Maslahatchining tavsiyalariga amal qilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonasi 
qanday qo‘shimcha foyda olishini aniqlang (sotilgan mahsulot tannarxi va boshqa 
xarajatlar bir xil darajada qoladi).
* Agar uning rahbariyati maslahatchining tavsiyalaridan voz kechsa, korxona 
faoliyatining mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari qanday? 
Test topshiriqlari 
1. Transport logistika tizimi... 
A. Transport va logistika infratuzilmasi obyektlari va 
subyektlari, ular orasidagi moddiy, moliyaviy va 
axborot oqimlari bilan birgalikda tovarlarni tashish, 
saqlash, taqsimlash, shuningdek tovar oqimlarini 
axborot va huquqiy qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini 
bajaradi. 
B. Mavjud resurs cheklovlari doirasida xizmatlarning 
ishonchliligi va sifatining yetarli darajasi bilan 
maksimal iqtisodiy samarani ta’minlaydigan tizim. 
C. Yo‘lovchilar va yuklarni tashishni amalga 
oshiradigan moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan biri 
D. Infratuzilmaning bir turi, transportni amalga oshiradigan va ularning 
bajarilishi hamda texnik xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydigan transportning 
barcha tarmoqlari va korxonalari to‘plami. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling