Логистика
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagicha yaratilishi mumkin
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O‘zbekistonda EIZni normativ-huquqiy tartibga solish
- Normativ-huquqiy hujjatlar
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagicha yaratilishi mumkin:
* maxsus savdo zonalari * maxsus ishlab chiqarish zonalari * maxsus ilmiy-texnik va boshqa zonalar Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalari investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutishi kerak. 88 2. O‘zbekistonda EIZni normativ-huquqiy tartibga solish Maxsus iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Maxsus iqtisodiy zonaning holati, shuningdek uni yaratish muddati uni yaratish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi. Maxsus iqtisodiy zonaning chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin amalga oshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar - O‘zbekiston Respublikasining"Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida" 17.02.2020-yildagi O‘RQ-604-sonli qonuni; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600- sonli "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoni -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi "Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ- 3657-son qarori; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida "2018-yil 12-apreldagi PF-5412-son farmoni; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining samarali ishlashi uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilishini kuchaytirish va javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3175-son qarori; — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasining Erkin iqtisodiy zonalarida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017-yil 27-fevraldagi 110-son qarori. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling