Loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi


Download 1.75 Mb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1569378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi

Olg’i turkumi—Fritilaria.
Bu turkum vakillari piyozboshli,poyasi bargli,osilgan chochoq to’p gulli o’t o’simliklardir.Ularning guli qo’ng’iroq,piyolasimon.Gulqo’rg’oni 6 ta,gultojsimon,erkin bargchali,shaxmatsimon rasmli,tezdan to’kilib ketadigan.Bu turkum vakillari nihoyatda chiroyli efemeroid o’simliklardan bo’lib,O’rta Osiyoda 26 ta turi uchraydi.Shundan O’bekistonda 2 ta turi uchraydi.


1.Farg’ona olg’isi—Fritilaria ferganensis
poyasi 20-50 sm,ingichka barglari lansetsimon,gulqorg’oni och qizil-gunafsha rangli,shaxmat gulli,tuksiz o’simlikdir.Ular Farg’ona vodiysida uchraydi.

2.Olga Olg’isi—Fritilaria olgae.Bu tur Farg’ona vodiysidan vegetativ organlari va gulining kattaroq bo’lishi,gulqo’rg’on uchlarining qizil rangli bo’lishi bilan ajralib turadi.Tarkibida alkaloid bo’lganligi uchun olg’ilarni mollar yemaydi,ammo ular dekarativ ahamiyatiga ega.
2.Buxoro Olg’isi—Fritilaria bucharica.
Liliya turkumi—Llium.
Bu turkum vakillari piyozboshchasi sirtdan qalin tangacha barglar bilan qoplangan,poyasi oddiy,ba’zan uchi shoxlangan o’t osimliklardir.Poyasidagi barglar navbatlashib yoki doira hosil qilib o;rnashgan.Guli yirik,qo’ng’iroqsimon,oq,qizil,sariq,gilos rangli,gulqo’rg’oni 6 ta erkin bargchadan iborat.Changchilari 6 ta ,urug’chilari 3 uyali,ko’p urug’kurtakli.Bu turkumga 60 ga yaqin tur kiradi.Ular Shimoliy Yarimsharda keng tarqalgan.Shundan 15 ta turi Rossiyaning yevropa qismida,Sibirda va Uzoq Sharqda,Kavkazda, O’rmonli yerlarda,tog’ qoyalarida va biroz salqin yerlarda chiroyli dekorativ o’simlik sifatida o’sadi.Oq gulli liliya-- Llium Candidum dekarativ o’simlik sifatida O’zbekistonda,ba’zan gulzorlarda va xonadonlarda o’sadi.

Loladoshlar oilasiga mansub Qizil kitobga kiritilgan noyob turlar.
Lola –Tulipa ning barcha turlari va tur xillari manzarali o’simlik sifatida ahamiyatli.SHuning uchun bo’lsa kerak Lolalarning 26 ta turi “O’zbekiton Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling