Loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi
Ulug’vor lola-Tulipa ingens
Download 1.75 Mb.
|
loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.Pushtakli lola—Tulipa carinata.
- Lyudmila boychechagi- Гусиный лук Людмилы --Gagea ludmilae Levichev
- 11.Vvedenskiy lolasi-Тюльпан Введенскго-Tulipa vvedenskyi Botschantz.
8.Ulug’vor lola-Tulipa ingens.
Kamyoblik darajasi 2. G’arbiy Pomir-Oloyda juda kam tarqalgan endem o’simlik Hayotiy shakli—bo’yi 12-25 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozining diametri 2,5-4 sm,cho’ziq tuxumsimon,ustki qismi qora-qo’ng’ir yoki qo’ng’ir yupqa charmsimon qobiq bilan o’ralgan.Barglari 3-4 ta,tarvaqaylagan,o’tkir uchli,nashtarsimon,chetlari egribugri,ko’kimtir rangli.Guli qizil,yulduzsimon,tubi qora rangli. CHangchisi va changchi iplari qora,tim qo’ng’ir yoki to’q qizil rangli. Aprel-may oyida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi. Ko’xitang va Hisor tizmalarida tarqalgan.Tog’larning dengiz satxidan 1600-2000 m balandlikdagi soz tuproqli yonbag’irlarida o’sadi.Yakka-yakka holda uchraydi.Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—Chorva mollarining boqilishi,gullarini uzib va piyozlarini qazib olinishi sababli-kamaygan. 9.Pushtakli lola—Tulipa carinata. Kamyoblik darajasi 2. Pomir-Oloyning janubi-g’arbidagi kamyob,endem o’simlik. Hayotiy shakli—bo’yi 15-50 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,diametri 1,5-4 sm,qobig’i charmsimon qora-qo’ng’ir rangli,ichki tomoni qalin tukli. Barglari 3-4 ta.Guli yakka,qizil yoki pushti rangli.Gulining tubi sariq yoki och sariq.CHangchi iplari qora,changdoni qora yoki qizg’ish,ba’zan sariq.May-Iyunda gullab,iyul-avgust oylarida mevasi yetiladi. Ko’xitang,Boysun tog’lari,Hisor tizmasida (Cho’lbair tog’i,Sangardak daryosi havzasi) tarqalgan.Tog’ning o’rta qismidagi toshli va mayda zarra tuproqli yonbag’irlarda o’sadi.Yakka-yakka holda tarqalgan.Urug’idan va piyozidan ko’payadi.O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—Ko’plab gullari terib olinishi sababli areali qisqarib bormoqda. 10. Lyudmila boychechagi- Гусиный лук Людмилы--Gagea ludmilae Levichev Kamyoblik darajasi 1. CHotqol tizmasidagi kichik maydonlarda tarqalgan endem o’simlik. Botanik tavsifi: Ko’p yillik piyozli o’simlik.Piyozining diametri 6-8 mm yosh piyozchalaridan 4-6 ta, uzunligi 1-5 sm keladigan,uchida bittadan piyozchalar o’rnashgan poyachalar o’sib chiqadi.Ildizoldi bargi novsimon ,uchi o’tkirlashgan. Poyadagi barglari to’pgulning pastki qismida halqa hosil qilib joylashgan. Gulqo’rg’onining uzunligi 10-15 mm.Urug’i yassi. Aprelda gullab,may oyida mevasi yetiladi. Tarqalishi: Toshkent viloyati:faqat bir joyda o’sishi ma’lum. (Parkent shahrining janubiy-sharqiy qismida ). O’sish sharoiti: Soz tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. Soni:Kichik maydonda tarqalgan, yosh nihollari hisobiga ko’pdek tuyuladi.Gullab turgan to’pgullari nihoyatda siyrak. Ko’payishi:Asosan vegetativ ravishda ko’payadi.Urug’idan ham ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari: Bu tur o’sib turgan yerlar uzluksiz ravishda dehqonchilik qilinishi va chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.U asosan vegetativ usul bilan ko’payishi hisobiga saqlanib qolinmoqda. 11.Vvedenskiy lolasi-Тюльпан Введенскго-Tulipa vvedenskyi Botschantz. Kamyoblik darajasi: 2. Janubi-g’arbiy Tiyanshanda o’suvchi kamyob, endem o’simlik. Botanik tavsifi:Bo’yi 20-35 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, diametri 2-3 sm, to’q-qo’ng’ir rangli qobig’i qog’ozsimon. Barglari 3-4 ta ,egri bugri.Gullari bittadan,qizil rangli. Gulining tubi sariq,changchi iplari sariq yoki jigarrang,changdonlari sariq yoki qoramtir binafsha rangli.Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyulda mevasi yetiladi. Tarqalishi:Ohangaron daryosi vodiysida o’sadi (Toshkent viloyati) O’sish sharoiti:Dengiz satxidan 1600-2000 m balandlikda tub jinslarda shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Soni:Tabiatda kichik guruhlar hosil qilgan holda tarqalgan.Ko’payishi:Urug’idan va piyozi orqali ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gul va piyozlari ko’plab yig’ib olinishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda. Madaniylashtirlishi: O’zbekiston Respublikasi FA Botanika bog’ida 1956-yildan buyon ekib kelinmoqda. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling