Loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi
Download 1,75 Mb.
|
loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.Foster lolasi- Тюльпан Фостера -Tulipa fosteriana Irving
14.Qardoshli lola- Тюльпан родственный-Tulipa affinis Botschantz.
Kamyoblik darajasi: 2.SHimoliy Pomir-Oloydagi kamyob,endem o’simlik. Botanik tavsifi:Bo’yi 15-25 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi cho’ziq-tuxumsimon,diametri 2-4 sm.Qobig’i qog’ozsimon, uzun,to’q-qo’ng’ir rangli.Barglari 3 tagacha,ko’kimtir,sal egri-bugri. Guli yakka-yakka,qizil,tubi qora,sariq xoshiyali.CHangchi ipi qora, changdonlar bilan birikkan joyi oq.CHangdonlari qora-binafsha rang. Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi. Таrqalishi : Jizzax viloyati:Turkiston (Zomin qo’riqxonasining atrofi) va Nurota tizmasida tarqalgan.Qirg’iziston va Tojikistonda ham uchraydi. O’sish sharoiti:Archazorlardagi mayda zarra tuproqli va toshli yonbag’irlarda o’sadi . Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan. Ko’payishi: Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gullari ko’plab terilishi va chorva mollari boqilishi qirilib ketishiga olib kelgan. 15.Foster lolasi-Тюльпан Фостера-Tulipa fosteriana Irving Kamyoblik darajasi 1. G’arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob,endem o’simlik. Botanik tavsifi:Bo’yi 10-50 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, diametri 2-6 sm, qobig’i qoramtir-qo’ng’ir,charmsimon,ichki tomoni qalin,tog’ri,qattiq,tillarang tuklar bilan qoplangan.Barglari 3-5 ta,biroz egri-bugri,ko’kimtir yoki yashil rangli. Gullari yaltiroq, qizil, yakka, yirik, diametri 10-12 sm,tubi qora, sariq xoshiyali sariq.CHangchi iplari tagi qizil yoki sariq.CHangdoni qoramtir-binafsha rangli.Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi. Таrqalishi:Samarqand viloyati: Zarafshon tizmasidagiOmonqo’ton o’rmon xo’jaligida,Taxtaqoracha dovonida,Urgut,Og’aliq qishloqlari atroflarida tarqalgan. O’sish sharoiti:Tog’larning o’rta qismidagi mayin tuproqli yonbag’irlarda va qoyalarning yonbag’irlarida o’sadi. Soni:Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan. Ko’payishi:Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda Download 1,75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling