Loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi


Farg’ona lolasi-Тюльпан ферганский-Tulipa ferganica Vved


Download 1.75 Mb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1569378
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi

12.Farg’ona lolasi-Тюльпан ферганский-Tulipa ferganica Vved.
Kamyoblik darajasi 2. Farg'ona vodiysining kamyob endem o'simligi. .
Botanik tavsifi:Bo’yi 15-40 sm ga yetadigan ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, qobig’i qoramtir-qo’ng’ir,qattiq –charmsimon, ichki tomonining yuqori qismi va asosi yotiq tukli. Barglari tukli,yuqori qismidagilari egri-bugri. Guli yakka,sariq,tashqi tomoni ko’kimtir pushti rangli,gul tubi sap-sariq.CHangchi iplari qizg’ish-sariq,changdoni qizg’ish rangli.Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi.Tarqalishi: Oloy tizmasining pastki qismida (Vodil,SHoximardon qishloqlari atrofida tarqalgan). O’sish sharoiti:Adirlardagi toshli va mayda zarra tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. Soni: Tabiatda yakka holda tarqalgan.
Ko’payishi: Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gul va piyozlari yig’ib olinishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda.Ilgari Farg’ona shahri atroflarida o’sganligi ma’lum


13.Lemann lolasi-Тюльпан Леманна-Tulipa lehmanniana Merckl.
Kamyoblik darajasi 3. O’zbekistonda juda kamyob tur.
Botanik tavsifi: Bo’yi 15-25 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t.Piyozi tuxumsimon,diametri 1,5-4 sm.Qobig’i charmsimon,qora-qo’ng’ir, yer-yuzasigacha davom etadi.Barglari 3-4 ta,egri-bugri.Guli yakka,sariq yoki qizil,tubi qora,jigarrang dog’li.CHangchi iplari,changdonlari sariq. Mart-aprel oylarida gullab,may-iyunda mevasi yetiladi. Таrqalishi:Jizzax,Buxora,Navoiy viloyatlari:Nurota tizmasi;Qizilqumda Konemix cho’lida,Tomdi va Darvoza tog’larida tarqalgan. Qozog’iston, Turkmaniston hamda Tojikistonda uchraydi.
O’sish sharoiti:Qoldiq tog’ida,qumli tosh-shag’alli yonbag’irlarida,ola jinslari yer yuzsiga chiqib qolgan joylarda o’sadi.
Soni:Yakka-yakka va kichik guruhlar holda uchraydi.
Ko’payishi:Urug’idan va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gullari ko’plab terib olinishi va chorva mollarining boqilishi sababli kamayib bormoqda.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling