Lord Byron


Download 0.78 Mb.
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1773746
  1   2   3   4
Bog'liq
IFODALI O\'QISH TURLARI VA USULLARI

IFODALI O'QISH TURLARI VA USULLARI

  • REJA:
  • Tоvushlavrni to’g’ri talaffuz qilish
  • So’zlarni to’g’ri o’qish
  • Gapdagi tinish bеlgilarini talaffuzda aks ettirish;
  • Оhangga riоya qilish

O’QISH TЕХNIKASINI O`RGATISH

  • Savod o'rgatishni to'g'ri tashkil qilish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o'rganish talab etiladi. Bunda birinchi sinfga keladigan o'quvchining oilasiga yoki bolalar bog'chasiga borib, suhbat o'tkazilib bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi. Birinchi sinf o'qituvchisi ta'lim-tarbiya ishlarining murakkab jarayonlariga bardoshli bo'lishi, bola xarakteridagi o'zgarishlarni sezgirlik bilan payqashi va ta'lim metodlaridan ijodiy foydalanishi lozim. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aql va idroklari shu kichik maktab yoshida shakllanadi.

Nutqning bir nafas tugaguncha aytilgan qismidan so`ng yangi nafas olish uchun qilingan to`xtamni nafasni rostlash to`xtami deyiladi. Bu to`xtamda o`pkaga havo olinadi. Shuni ta’kidlash joizki, matnning duch kelgan joyida nafas rostlanmaydi.

  • Ifodali o`qishning texnik asoslari, ovoz, nafas, artukulyatsiya, diktsiya, ifodali o`qishning ruhiy-grammatik asoslari, sur’at, to`xtam, nafasni rostlash to`xtami, mantiiqiy to`xtam, normal to`xtam, ajratuvchi to`xtam, kesim to`xtam, birlashtiruvchi to`xtam.
  • Ifodali o`qish muayyan intonatsiya yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Ifodali o`qishning asosiy vazifasi muayyan matnning mazmuni va emotsionalligini ohang orqali tinglovchiga yetkazib berishdir.

IFODALI O`QISHNING TEXNIK ASOSLARI

  •  
  • Ma’lumki, ifodali o`qiladigan asar matni qanchalik mukammal bo`lmasin, u talqin etilishiga qarab, muayyan ta’sir kuchiga ega bo`ladi, talqin jarayoni esa asarni ifodali o`quvchining jismoniy va ruhiy holatlaridir. Demak, talqin jarayonida ifodali o`quvchining butun vujudi talqin vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ijrochining jismoniy va ruhiy holatini chiniqtiruvchi mashqlar kompleksi nutq texnikasi deyiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling