50
bunday yorug’likni tabiiy yorug’lik deyiladi. Lekin yorug’lik to’lqinida tebranishlar
yo’nalishi biror tarzda tartiblangan bo’lishi ham mumkin. Bunday yorug’likni
qutblangan yorug’lik deyiladi. Agar yorug’lik vektorining
tebranishlari faqat bitta
tekislikda yuz berayotgan bo’lsa, bunday yorug’likni yassi yorug’lik deb ataladi.
Bunda
E
vektor tebranadigan tekislikni tebranish tekisligi deyiladi. Unga tik bo’lgan
B
vektor tebranadigan tekislikka qutblanish tekisligi deyiladi. YAssi qutblangan
yorug’likni tabiiy yorug’likdan qutblagich yoki polyarizatorlar deb ataluvchi asboblar
yordamida hosil kilinadi.
Qutblagichga, ya’ni polyarizatorga misol qilib maxsus
qirqilgan turmalin kristalini ko’rsatish mumkin. Hosil kilingan qutblangan yorug’likni
analizatorlar deb ataluvchi asboblar yordamida tekshiriladi.
Ikki qutblovchi asbobdan o’tgan yorug’lik
intensivligi J, shu asboblar
tekisliklari orasidagi
burchakning kosinusi kvadratiga proporsional bo’ladi:
J
J
0
2
cos
. (4.1)
Bu qonunni Malyus qonuni deyiladi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, yorug’lik qaytganda va singanda
ham qutblanar
ekan. YOrug’lik qaytganda shunday
lim
burchak bor-ki, uning uchun
tg
n
lim
,
2 1
(4.2)
bajarilsa, qaytgan yorug’lik to’la qutblangan bo’ladi.
Bu ifodada
n
2 1
,
n
1 2
,
ikki
muhitning nisbiy sindirish ko’rsatkichi. Bu qonunni Bryuster qonuni deyiladi. To’liq
qutblanish
lim
burchagida qaytgan va singan nurlar o’zaro to’g’ri burchak tashqil
etadilar.
Bryuster qonuni elektr tokini o’tkazuvchi metallardan yorug’lik nur qaytganda
bajarilmaydi. Buqonun yorug’lik dielektriklardan qaytgandagina bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: