Lot abstractio ajratish, mavhumlash) 1) butunning tomoni, momenti, boʻlagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar (abstrakt) narsa
Download 61.43 Kb.
|
Taffakur
Umumiylashtirish tafakkurning abstraktlashtiruvchi faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir. Abstraktlashtirish jarayonida ayrim narsalarning o‘xshash belgilari aniqlanadi va shu o‘xshash belgilar umumiylashtiriladi. Abstraktlashtirish singari, umumiylashtirish ham so‘z yordami bilan hosil bo‘ladi. Har qanday so‘z yakka bir narsani yoki hodisani emas, balki o‘xshash yakka-yakka obyektlarning ko‘pchiligini ifodalaydi. Chunonchi, biz stol degan so‘zni aytganimizda, bu bilan biz yakkayakka ko‘p stollarga taalluqli bo‘lgan fikrni ifodalaymiz. Fikrdagi abstraktlashtirish va umumiylashtirish jarayonlari ikkinchi signal sistemasining spetsifik, o‘ziga xos mexanizmlariga tayanadi. Aniqlashtirish (konkretlashtirish) abstrkatsiyalash va umumlashtirish jarayonining aksidir. U birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka obyektlariga tatbiq qilishda ifodalanadi. Masalan, «oq» deganimizda ko‘z oldimizga oppoq paxta, oq qor, oq qog‘oz kabilar kelishi mumkin. Ik kinchidan, aniqlashtirish umumiy va yakka belgilari kamroq bo‘lgan umumiylikni ochishda ham ifodalanadi. Masalan, olma, nok, olxo‘ri kabilar mevalar qatoriga, shkaf, divan, kreslo va shu kabilarni mebel qatoriga qo‘shamiz. Biz birinchidan umumiy abstrakt belgilarni yakka obyektlarga tatbiq qilsak, ikkinchidan yakka obyektlarni umumiyga tatbiq qilamiz. Bu esa aniqlashtirishning o‘zginasidir.
Download 61.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling