Lot numisma tanga


Download 111.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi111.54 Kb.
#1005083
Bog'liq
Numizmatika - Vikipediya



Numizmatika
Numizmatika (lot. numisma — tanga) — 
tangalar
haqidagi fan; tangalarning tasvirlari,
yezuvlari, ogʻirligi, qanday metalldan yasalganligi, 
pul
muomalasidagi darajasi va tanga zarb
qilinish tarixini oʻrganadi. N. xronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi
masalalarini tekshirishga imkon beradi, 
tarix

arxeologiya
, paleografiya, sanʼat tarixi, iqtisod,
etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega. N. tushunchasiga yana qogʻoz pullarni
oʻrganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni oʻrganish (faleristika) ham
kiradi. 
Metall
 pullar paydo boʻlgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar,
taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi,
savdoning oʻsishi pulga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliklarigina tanga
chiqarish huquqiga ega boʻlgan. Birincha metall tangalar miloddan avvalgi 7-asrda Kichik
Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.
Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning
yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar,
muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
N. numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-asrlarda Italiyada
paydo boʻlgan. Ilmiy N. fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.
N. shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek,
Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi),
Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va
rus N.siga boʻlinadi.
Sharq N.siga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari
P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan


M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev,
A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va boshqalarning hissasi katta.
Smirnova O. I., Katalog monet s gorodisha Pendjikent, M., 1963; Davidovich Ye. A., Istoriya
monetnogo dela Sredney Azii XVII—XVIII vv., Dushanbe, 1964; Yernazarova T. S, Denejnoye
obrasheniye Samarqanda po arxeologo-numizmaticheskim dannim (do nach. IX v.). v sb.
"Afresiab" . vip. 3., T., 1974; Rtveladze E. V., Pidayev Sh . R., Katalog drevnix monet Yujnogo
Oʻzbekistana, T., 1981; Numizmatika Oʻzbekistana, T., ,1990.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Numizm
atika&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Numizmatika&oldid=2850736

dan olindi 
Adabiyot
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 111.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling