Lot signum belgi 1 axborot, maʼlumot va boshqalarni muayyan masofaga uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi


Download 20.8 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi20.8 Kb.
#253708
1   2
Bog'liq
2-topwiriq

adiotexnika (radio... va texnika) — 1) elektromagnit tebranishlar va radiodiapazondagi (3—31012 Gs) toʻlqinlar, ularni generatsiyalash, kuchaytirish, nurlatish, qabul qilish hamda toʻlqinlardan foydalanish haqidagi fan; 2) texnikaning axborotlarni uzatishda — radioaloka, radioeshittirish, televideniye, radiolokatsiya va radionavigatsiyada; mashina, mexanizm hamda texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishda radiodiapazondagi toʻlqinlar bilan elektromagnit tebranishlarni qoʻllaydigan tarmogʻi. U radiofizika, elektrotexnika, dielektriklar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, elektroakustika, antenna texnikasi, elektronika va boshqalarning yutuqdariga asoslanadi. R. tarixi M. Faradey, J. Maksvellarning ishlaridan boshlangan. Radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarni birinchi marta G. Gers hosil qilgan va oʻrgangan (1886—89). Gers tajribasida rezonans hodisasi katta rol oʻynagan. E. Branli (Fransiya) metall kukuniga elektr tebranishlari taʼsir qilganda ularning qarshiligi kamayishi hodisasini aniqladi (1890). O. Lodj (Buyuk Britaniya) bu hodisadan elektromagnit toʻlqinlarni aniqlashda foydalandi (1894).

A. S. Popov elektromagnit toʻlqinlar yordamida simsiz aloqa oʻrnatishga harakat qildi va signallarni qayd qilish apparatniy yasadi. U 1895 yil 7 mayda dunyoda birinchi radiopriyomnigini yaratdi.

Dastlab, uzatuvchi va qabul qiluvchi radiostansiyalar qisqa toʻlqinda — tez soʻnuvchi radiotoʻlqinlard a ishlagan. Uzun toʻlqinlarga oʻtish va uzatkichlar quvvatini, antenna oʻlchamlarini oshirish, detektorning qoʻllanilishi bilan radioaloqa uzokdigi sekinasta oshirilgan. Nemis fizigi K. F. Braun tomonidan berk konturning , M. Vin (Germaniya) tomonidan maxsus razryad hosil qilgichning kashf etilishi, shuningdek radio qurilmalarda yuqori chastotali yoy generatorlari va generator mashinalari bilan uygʻotiladigan soʻnmas toʻlqinlarning qoʻllanilishi R.ning keyingi rivojida katta qadam boʻldi. 1925 yil rus ixtirochisi V. P. Vologdinning yuqori chastotali induktor mashinasi yordamida birinchi marta Moskva bilan Nyu-York orasida radioaloqa oʻrnatilgan. Elektron lampalarning yaratilishi R.ning barcha sohalarida katta burilish yasadi, shu asosda soʻnmas tebranishli lampali generator yaratildi. Radiolampalarning qoʻllanilishi radiotoʻlqinlarni bir necha yuz m dan bir necha km gacha diapazonda samarali generatsiyalashga imkon berdi.

20-asr 20-yillari boshlariga kelib radiotelegraf aloka bilan birga radioeshittirish vujudga keldi. Qisqa va ultraqisqa toʻlqin diapazonlarida ishlaydigan radiolampalar, sxemalar, antennalar yaratildi. 20-asr oʻrtalarida elektron televideniyening yaratilishi R. sohasida burilish yasadi.

Radiolokatsiya, radionavigatsiya R.ning alohida boʻlimlari hisoblanadi. Ularning usullari uzokdagi narsalarning oʻrni, tezligi va boshqalarni aniqlashga imkon beradi.

Yarimoʻtkazgichli diodlar yaratilishi tranzistorlarning , elektronnur asboblari esa rangli televideniyening yaratilishiga olib keldi. R. jamiyat taraqqiyotining barcha sohalariga kirib bordi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, kosmik apparatlar bilan radioaloqa qilishda, insonning kosmosga uchishini taʼminlashda, avtomatik boshqarish tizimida, xalq xoʻjaligida (metallarni vakuum va inert gazlar atmosferasida juda toza eritish uchun, poʻlatdan yasalgan detallarni toblash uchun, tibbiyot va boshqalar), radiometeorologiya^, radioastronomiyaaa, elektroakustikala, tovushni yozib olish va boshqalarda R.ning ahamiyati katta.

3Hozirgi zamon telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqa qurilmalari murakkab radioelektron tizimlar sirasiga kiradi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanida telekommunikasiya qurilmalarida va tizimlaridagi asosiy funksional qurilmalar, ularning ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalari; aloqa kanallari orqali axborotlarni uzatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari o‘rganiladi.

Tizimlar va signallarni qayta ishlash axborotlar, signallar bilan tanishtirish; signallarning asosiy turlari va asosiy xarakteristikalari; turli radiotexnik signallarni shakllantirish va ular radiotexnik qurilmalardan o‘tish jarayonlari va o‘zgarishlar (modulyatorlar, detektorlar, signallarni integrallash va differensiallash, signal chastotasini o‘zgartirish va h.k.) raqamli signallar; turli xildagi halaqitlarning matematik modellari; radioqurilmalar halaqitbardoshligi va axborot uzatish qobiliyati; halaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; analog va raqamli fil'trlash; turli modulyasiyalangan signallar halaqitbardoshligini solishtirish o‘rganiladi.

Shunday qilib, tizimlar va signallarni qayta ishlash fani zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib beradi.

Tizimlar va signallarni qayta ishlash nazariyasining rivojlanishida V.A. Kotelnikov, Klod Shenon, R.Xartli, X.Naykvist, A.I. Berg, D.V. Ageyev, A.Ya. Xinchin, A.N. Kolmogorov, N. Viner, A.Valdlarning hissalari katta. Ular uzluksiz signallarni diskret shaklda uzatish, axborot miqdorini aniqlashning logorifmik birligi, signallarni bir-biridan chiziqli ajratish nazariyasi, potensial xalaqitbardoshlik nazariyasi, axborot nazariyasi, aloqa tizimiga ehtimollik nazariyasining tadbiqi, signal va xalaqitlarga korrelyatsion ishlov berish asoslarini yaratishgan.

Ushbu o‘quv qo‘llanma “5350100- Telekommunikasiya texnologiyalari (“Telekommunikasiyalar”, “Teleradioeshittirish”, Mobil' tizimlar)” va “5330500 - komp'yuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan.

Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani nazariy fan bo‘lib, talabalarga telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, komp'yuter injiniringi, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rsatib, amaliyotda yangi texnikani o‘rganishga yordam beradi.



Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanini o‘rganishdan maqsad turli radiosignallarni shakllantirish, radioqabul qilish, radiouzatish qurilmalari asosiy funksional qismlari, komp'yuter injiniringidagi fizik jarayonlar, ularni matematik modeli orqali tahlil etish, asosiy ko‘rsatgichlarini o‘lchash va tahlil etishdan iborat.
Download 20.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling