Lotinchada sotsialis-umumiy, ijtimoiy tushunchasi ostida odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa tushuniladi
Download 59.23 Kb.
|
Bolalarning ijtimoiy moslashuv fanidan. Maxsus sirtqi 1-kurs talabasi Saksonova Dilafruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy va yosh psixologiyasi
Etnopsixologiya (xalqlar psixologiyasi, etnik psixologiya) psixologiyaning turli irq va xalqlar ruhiy tuzilishining oʻziga xos xususiyatlarini oʻz predmeti sifatida qaraydigan sohalaridan biri; ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi. Ikki fan — madaniy antropologiya va psixologiya kesishmasida paydo boʻlgan fanlararo bilim sohasi
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi Shaxs ijtimoiylashuvining quyidagi bosqichlari mavjud: Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi. Uning birinchi bosqichi — individning ijtimoiy mavjudod sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu bosqichda quyidagilar amalga oshadi: • ilk ijtimoiylashuv (bolalik davri); • m e’yortiv xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish (o'smirlik davriga to‘g ‘ri keladi); • ijtimoiylashuv oqibatlarining yaxlit namoyon bo‘lishi (o‘spirinlikdan balog'at yoshiga o‘tish davrini o‘z ichiga oladi). Ikkinchi bosqich — shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra nafaqa yoshiga yetgan inson sifatida o‘z o‘rniga ega boladi. Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiypsixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog'liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi. Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini „filosof“ deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa „filosof“ deb atalgan. Keyinchalik „filosof“ soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha „philosophia“ soʻzi arabchaga „falsafa“ boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni „hikma“ deb atashi, ruschaga„filosofiya“ tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega. Oila – ijtimoiylashishning etakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kerak bo’lsa shu jamiyatdan oladi. Oila — bu maskanning ahamiyatini anglash uchun «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o‘zi kifoya. Ya’ni har qanday bola o‘z oilasida o‘zlashtirgan tajribalaridan hayoti davomida foydalanadi va uni keyinchalik o‘z farzandlariga ham o‘rgatadi. Har qanday jamiyat taraqqiyoti shu jamiyatdagi sog‘lom oila muhitiga bog‘liqdir. Sog‘lom oila muhitida sog‘lom avlodlar tarbiyalanadi va kamol topadi. Ma’lumki, dunyoga kelgan go‘dakning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Aynan shu maskan quchog‘ida bola ijtimoiy muhitga moslashib, ijtimoiy m e’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Shular asosida ijtimoiy hayotga kirib boradi. Farzand oilada kamol topar ekan, u oila a’zolarining o‘zaro munosabatlaridan doimo ibrat oladi. Shular zaminida u boshqa kishilarning xulq-atvori, xatti-harakatlarini o‘rganib, farqlay boshlaydi va ular bilan munosabatga kirishishi, muloqotda bo‘lishining usul va shakllarini o‘rganib boradi. Ta’lim – ta’lim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi. Download 59.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling