Loy va plastmasa materialari bilan ishlashda mator alaliya nutq nuhsoniga EGA bolgan bolalarda barmoqlar harakatchanligi rivojlantirish


Download 31.38 Kb.
bet5/10
Sana22.12.2022
Hajmi31.38 Kb.
#1043324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
LOY VA PLASTMASA MATERIALARI BILAN ISHLASHDA MATOR ALALIYA NUTQ NUHSONIGA EGA BOLGAN BOLALARDA BARMOQLAR HARAKATCHANLIGI RIVOJLANTIRISH

Birinchi bosqich — predmetni yaxlit idrok etishni tashkil qilishdir. Bu bosqich barmoqlar va ko‘zlarning yuqorigi nuqtadan pastga asosiy xarakterli chiziqlar bo‘ylab izchil va uzluksiz (tepadan pastga va qandaydir spiral bo‘yicha) harakatlanishidan iboratdir. Predmet doimo muayyan holatda bo‘ladi. (uni chap qo‘l tutib turadi, o‘ng qo‘l kuzatadi; predmet stolda harakatsiz turishi ham mumkin).
Ikkinchi bosqichda predmetni qo‘l va nigoh bilan kuzatishda uning asosiy qismlari tahlil qilinadi, ularning xossalary (shakli, kattaligi, mutanosibligi va hokazolari) aniqlanadi; barmoqlarning harakati go‘yo ularning chuqurligi nisbatlarini o‘lchaydi, fazodagi o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi.
Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir.
To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit hodda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi(tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni
silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi.
Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar.


ALALIYA YOXUD GAPIRA OLMASLIK
Alaliya – gapirish qobiliyatining umuman yo‘qligi yoki “qo‘pol” ko‘rinishda bo‘lishi. Homila paytida yoki 3 yoshgacha bo‘lgan bolalik davrida miya gapirish markazining buzilishi hisobiga kelib chiqadigan patologik holatdir. Alaliya (Gapira olmaslik) kasalligida bolada gapirishdagi nuqsonlar ya’ni so‘zlarni aytishni kech boshlash, so‘z boyligining kamligi, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish kabi kamchiliklar kuzatiladi. Alaliya muammosiga duchor bo‘lgan bolalar nevropatolog va logoped ko‘rigidan o‘tishlari kerak. Bolani davolashda psixo-mediko-pedagogik chora tadbirlar: medikomentoz davo, psixik funksiyani rivojlantirish, leksiko-grammatik va fonetik-fonematik jarayonlarni shakllantirishni talab qiladi.
Alaliya – afaziyadan farqli ravishda tug‘ma yoki bolaning 3 yoshgacha bo‘lgan davrida biror-bir patologiya natijasida gapirish markazining buzilishi bo‘lib, bunda gapirish qobiliyatining barcha komponentlari buziladi (fonetik, grammatik, leksik jihatdan). Ushbu patologik jarayon maktab yoshidagi bolalarning 1 %ida uchraydi, maktabgacha bo‘lgan bolalar orasida esa 0,2-0,6 %ni tashkil etadi. Alaliya qizlarga nisabatan o‘g‘il bolalarda 2 barobar ko‘proq uchraydi.

Download 31.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling