Loyiha ko’-zda tutilgan obyektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlami qamrab oluvchi vazifalar majmui. Loyihalash
Download 16.92 Kb.
|
atamalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalashning samarali metodlari
- Evristik metod
- Dizayn
- Ixtirochilik konikmalari
- Masala
Loyiha - ko’-zda tutilgan obyektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlami qamrab oluvchi vazifalar majmui. Loyihalash- ko'zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo'lgan obyekt, holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni. Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki mahnaviy boyliklar yaratiladi. Modellashtirish - muayyan hodisa, jarayon yoki obyektlar sistemasini ularning modellarini yasab o’rganish yo’li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan obyektlar xarakteristikalarini aniqlash va ulami qurish. Loyihalashning samarali metodlari - buyumlarni konstruktsiyalash, manipulyativ konstruktsiyalash, Ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlami qo’llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlami bajarish, ilgari tayyorlangan konstruktsiyalarni o'zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment Evristik metod - bu yangi texnik yechimni yaratish maqsadida prototipni qanday qilib o’zgartirishga oid yo'riqlaming qisqacha tavsifi. Model - haqiqatdan obyektning shartli aks ettirilishi. Maket- obyektning konsturktsiyasini yaqqolroq tasawur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasviridir. O'zaro o'xshashlik - ikkj predmet yoki hodisaning barcha mos joylaridagi nuqtalari bir xil o’lchov birligida bir xil masshtabda bo’lishi bilan belgilanadi. Dizayn - nsrsalar muhitining estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyatining turlarini qamrab oladi. Grafíka - tasviriy sanhat turi; rasm sanhatiga asoslangan, lekin o’z tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlariga ega bo'lgan bosma badiiy tasvirlar (gravyura, litografiya, monotipiya va b.) ni o’z ichiga oladi. Bilim - voqelikni bilish natijasi U amalda sinalgan bo’lib, voqelikning inson tafakkuridagi to’g’ri inhikosidir.Ko'nikma - biror maqsad yo’lida harakat bajarish qobiliyati; ishlab chiqarish yoki o'quv faoliyatida bir xi! harakat yoki bir tipdagi masalalarni yechishning ongli ravishda ko’p marta qaytarilishi natijasida avtomatizm holiga keladi. Malaka - takrorlash yo'li bilan shakllantiriladigan, yuqori o'zlashtirilish darajasi hamda anglangan nazoratsiz amalga oshirilishi bilan tavsiflanuvchi harakatlar hisoblanib, pertseptiv, intellektual va harakat malakalari farqlanadi. Ixtirochilik - ilmiy g'oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti surhatiarini belgilovchi asosiy ko'rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta'minlovchi omil hisoblanadi. Ixtirochilik bilimlari - yangi texnik yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlaming bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan inhikosi. Ixtirochilik ko'nikmalari - insonning maqsadga yo'naltirilgan ijodiy faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to’laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi. Ixtirochilik malakalari - insonning mos ravishdagi ijodiy faoliyatini qisman avtomatlashgan tarzda, ainalga oshiriladigan aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabgisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi. Masala - bu ko'zlangan natijaga erishish yoki berilgan harakatni bajarish yo’llari to'g’risidagi bilim va vositalaming yetarli darajada shakllantirilgan ifodasidir. Muammo - hal qilinishi talab etiladigan vazifa bo'lib, uni amalga oshirish uchun zarur yechim yoki muqobil yechimlarni topishning imkoni bo’lmaydi yoki ikkala sabab birga keladi. Maqsad - faoliyatning awaldan fikran o'ylangan natijasi. Bevosita motiv sifatida maqsad inson faoliyatini muayyan yo'lga boshlaydi va uni boshqaradi. Download 16.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling