Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOR NEMATLARINGIZGA SHUKRONA QILING!
ASKAROVA NAFISA AVAZOVNA
2003 - yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan. U 20 yoshda. Ayni damda Buxoro Davlat Universitetining "Grand" talabasi. U bir nechta Xalqaro tashkilotlar xususan Xalqaro Creative Forum for Culture, Arts and peace, Argentinaning "Juntos por las Letras", Hindistonning "IQRA FOUNDATION", xalqaro tashkilotlar rasman a'zosi. "Life goes on", "Ideoms in English", "Abbrivations unraveled", " Hayot davom etadi" nomli kitoblari dunyo boʻylab sotuvga qo'yilgan. Bugungi kunda u "Nisa_school" - ayollar maktabi asoschisi, 10 mingga yaqin ayol va qizlarga psixologiya, shaxsiy rivoj, bo'yicha ta'lim beradi. BOR NE'MATLARINGIZGA SHUKRONA QILING! Nega og'rinasiz dunyolar uchun, Ko'zingiz namladi qay bir g'am-anduh. Qarang bugun yana o'zgacha olam, Yashayapmiz qabda ajib bir shukuh. Muammo nimada pul, moddiy dunyo, Yoki toliqdingiz to'y-hashamlardan. Kiyim-bosh, hovli-yu, mashina uchun, Balkim uyalyapsiz yana kimlardan. Deysiz muammoyim kelishmovchilik, Axir, o'ylang, kimga nasib etmadi bu tun. Siz-chi, hali tinmay talashayapsiz, Kimdir otam, otam deya qon yig'lagan kun. Deysiz bugun u kam, ertaga-chi bu, Shoshilmang! Bir muddat atrofga boqing! Siz, erta tonggacha nolib chiqqan kun, Kimdir uchun hamon, bu ham orzu-ku. 140 Siz charchayapsiz, toliqayapsiz, Balkim, zerikdingiz ish-tashvishlardan. Siz bir oddiy so'zdan xafa bo'lgan on, Kimlar to'yib ketdi, otishmalardan. Tashvishingiz shumi ?, qarzlar, to'lovlar, Yangi brend kiyim, mebel, jihozlar, Siz orzular tomon qadam qo'yganda, Hali hamon kimlar tinch yurtga zorlar. Kunlar o'tayapti, oy, yillar yeldek, Har bir daqiqani, g'animat biling, Noshukurlik uchun yarashar shayton, Bor ne'matlaringizga shukrona qiling! *** Ko'rdingmi quyoshi otmagan tongni, Viqorli to'glardan mo'ralar nahor, Shildiroq soylari, oqar suvlari Tinmagan tinch makon yana qayda bor ? Oq oltin paxtasi, ko'm - ko'k dalalar, Quyoshdan yarqirar yamyashil olam, Har qish uyqusidan uyg'ongan ko'klar, Qayta jilovlanar kelgach har ko'klam. Mo'jiza emas bu tirik mo'jiza, Yer osti boyliklar, sirli sanoat... Neft, gaz, ko'mir-u tilla makonin, Avaylamoq kerak, ila qanoat. Yerlari serhosil, yashnagay har xas, Meva - sabzabotlar, qishin yoz mushtoq. Mehnatin dehqonning, tabiat amrin Asrab avaylamoq burchimiz biroq. Dimog'ga urilar mayin shabada, Purviqor tog'larning, nafis havosin... Kuylasang kuy uchun yetmagay so'zing, 141 Go'zal tabiatning, jo'shqin navosin... Ko'rdingmi quyoshi otmagan tongni, Viqorli to'glardan mo'ralar nahor, Shildiroq soylari, oqar suvlari Tinmagan tinch makon yana qayda bor ? Men emas, siz emas, biz bir oilamiz, Birlashib tabiatni, asray olamiz...!!! Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling