5
QUDDUS ASAD
(Quddusbek Asadullayev). 1998-yil 16-fevralda
Samarqand
viloyati
Urgut
tumani
Beshkapa
qishlog‗ida
tug‗ilgan.
Guliston
davlat
universetetining
bakalavr
va
magistratura
bosqichlarini
tamomlagan.
Respublika
yosh
ijodkorlarining ―Zomin seminari-2018‖, Yosh
ijodkorlar
kengashining
―Duel‖
loyihasi
ishtirokchisi. She‘rlari qator she‘riy to‗plamlarda,
viloyat va respublika nashrlarida e‘lon qilingan.
Hozirda Sirdaryo viloyatida
joylashgan Halima
Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi.
* * *
Tun, senga oshiqman...
Yutganim – og‗u,
Ko‗zim kosasida qalqir ehtiros.
Sayyodman, sen – tutqich bermagan ohu,
Dengizsan, men – sho‗ng‗ib to‗ymagan g‗avvos.
Senga oshiqmano-o-o...
Matlabim – visol,
Sen uchun tonglardan kechganligim rost.
Go‗yoki oymidur yuzlaringda xol,
Yulduzlar ishqingda yosh to‗kar sharros.
Senga oshiqmano-o-o...
O‗ylarim – zardob,
Chak-chak tomar shuur sarhadlariga.
Bu – shunday azobki, bu – shunday azob,
Yashillik bag‗ishlar dil qatlariga.
Ey tun, quchog‗ingda yoshardim, qulluq,
Senda jilovladim nafsimni, yonib.
Ey tun, o‗z-o‗zimdan qochardim.
Qulluq,
o‗zimga evrildim, o‗zimni tanib.
6
Ey tun, oshiqmano-o-o...
Har bir tong – vido,
Tokay ulkanlashar ko‗ksimda yaram?
Tonggacha yopinib zulmatrang rido,
Tun bo‗yi urchiydi hislarimda g‗am.
Senga oshiqmano-o-o...
Meni etma rad,
Masih og‗ushingdan topgayman qo‗nim.
Meni quchog‗ingda yashirgin abad,
Magar topib olar tong otsa o‗lim.
Senga oshiqmano-o-o...
Har bir tun – visol...
Do'stlaringiz bilan baham: