Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


YIG'LANG FAQAT OXIRATU IYMON UCHUN


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

YIG'LANG FAQAT OXIRATU IYMON UCHUN 
Hayo bilan ibo bilan yuring hayol, 
Shayton hirsu nafsin bosing hiyol, 
Jahannamning azoblari sizga ayon, 
Siz yig'lamang o'yin kulgu rohat uchun, 
Yig'lang faqat oxiratu iymon uchun 


18 
Hayo qiling yolg'on so'zu va'dalardan, 
Shayton ishi aush ishratu kulgilardan 
Soxta vijdon, soxta ko'ngil da'volardan 
Siz yig'lamang o'yin kulgu rohat uchun 
Yig'lang faqat oxiratu iymon uchun. 
Vaqting ketsa naqding ketdi deydilar deb, 
Yig'ib to'plab dunyo qo'lga olaman deb, 
Iskandardek qo'li ochiq ketib qolmang, 
Jahannamning olovida kuyib qolmang 
Yig'ib savob qalbni alloh tomon chog'lang, 
Siz yig'lamang o'yin kulgi rohat uchun, 
Yig'lang faqat oxiratu iymon uchun. 
OLIMXONOVA MUSLIMA MUZAFFARXON QIZI
 
"Yilning eng iqtidorli yosh shoirasi" oliy o'rin sohibasi. 5 ta 
mualliflik kitobi nashrdan chiqqan. Hozirda Namangan 
viloyati Kosonsoy tumani 8-sonli maktabning 11-sinf 
o'quvchisi.
ZULFIYAXONIM IZIDAN 
O'zbekning shoira farzandi bo'lib, 
Yurakda ulkan bir Orzular tuydim
She'riyat bog'ining g'unchasi bo'lib
Qalbimga ulug'vor maqsadni tugdim. 
Istayman Zulfiya izdoshi bo'lib
Yurtimning shoniga ash'orlar bitay
Ko'nglimga keladi otashin hislar
Nazm bulog'idan sharbatlar yutay. 


19 
Hayot varaqlari yozilar bunda,
Ishonch-u adolat sadoqat yotar, 
Vatanga muhabbat uyg'onar shunda,
Insonlar ezgulik mehrini totar. 
Ijod qizlariga ibratdir yo'li,
Nazmning bog'iga kirmoqlik bois,
Zulfiyaxonimdek bo'lib bir shoir, 
U kutgan bog'larni gullatmoq joiz.
MUSTAQIL VATAN 
Buyuklar diyori aziz maskanim 
Dunyoda tengi yoq go'zal oshyonim
Ta'rifi ziyoda har ellar aro, 
Asli Turonimsan, sendan jon tanim. 
Qorachig'larimga singigan o'zing 
Quralay ko'zimdan joy olgan ko'zing 
Nuqra irmoqchaday oqib jonimga, 
Vatan degan nomda yangraydi so'zing. 
Yana suyanmoqqa tog'im bo'lganing 
Go'yoki o'ttizbir gul misol kulganing 
Yozmay axir qandoq g'ururlar bilan 
Baxt-u saodatga ayni to'lganing 
Bu sog'inch Iftixor shonim shuhratim 
Barida mujassam qadrim qudratim, 
Oqlamoq sharafdir har tishlam noning, 
Dadil qadamlar-la boshlab jur'atim
O'zbekiston sen buyuk baxtim. 


20 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling