10
LUQMONOVA FERUZA FAXRIDDIN QIZI
2010-yilning 29-iyul sanasida Buxoro viloyati G'ijduvon
tumanida dunyoga kelgan. "Shakarning foydasi" va "Nurdan
tikilgan do'ppi" nomli she'rlari "G'uncha"
jurnalida ,Klass
jurnalida maqolasi chop etilgan. Iqtidorli
yoshlar tashkiloti
tashkillashtirgan ,,Bolajon'' tanlovi 1- ōrin sohibasi. Hozirda
Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi
va shu
maktabda tashkil etilgan "Qizlar ovozi" klubining "Debat va
intellektual loyihalar" yo'nalishi koordinatori.
KETMA BAHOR
Qishni tashlab kelaqol asta
Yasay sendan ajib guldasta
Chiroyingga bo‗lay payvasta
Ketma bahor, qolaqol bahor,
Senga hali ko‗p gaplarim bor.
Kelib xushbo‗y bo‗ylaringni soch,
Qaldirg‗ochim ko‗kka yoz quloch.
Parvonaman ko‗zim nurga och
Ketma bahor, qolaqol bahor,
Senga faqat men shunchalar zor.
Ko‗klamga bu oshufta yurak,
Saratonda qovjirar beshak.
Endi undi dalada chechak
Ketma bahor, qolaqol bahor,
Tabiatim sensiz juda tor!
Do'stlaringiz bilan baham: