Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- DUNYODA ILMDAN BOSHQA NAJOT YO’Q VA BO’LMAGAY
OYIJON UYG'OTING...
Oyijon uyg‗oting ertaroq, Buzilib qolibdi soatim. Tongni kutib mushtoqman-mushtoq, Tugab borar mening toqatim. 11 Oyijon uyg‗oting ertaroq , Azal hayot tongdan boshlanar. Qanday boshlay hayotim shundoq, Turolmasam erta ham saxar. Oyijon uyg‗oting ertaroq , Soatimday to‗xtamaydi vaqt. Bilaman yo‗limda ko‗p tuzoq , Yugurib qo‗ynimga kirmas baxt. Oyijon uyg‗oting ertaroq, Uyqu o‗lim degani axir…. Hayot mendan ko‗ra uchqurroq , Mendan ko‗ra ko‗p ishga qodir. Oyijon uyg‗oting ertaroq , Umrim yarmi o‗tar uyquda. Hayot xuddi sutingizdek oq, Hayot asli sizdek ma'buda. Oyijon uyg‗oting ertaroq… Tongni kutib mushtoqman-mushtoq! 12 XUSANOVA NARGIZA FARXOD QIZI 2003-yil 30-noyabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumani Chechak ota MFY Chechak ota ko‘chasi 9-uyda tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma‘lumoti o‘rta. Hozirda Buxoro shahridagi Buxoro davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi. DUNYODA ILMDAN BOSHQA NAJOT YO’Q VA BO’LMAGAY Men Xusanova Nargiza Farxod qizi Navoiy viloyati Xatirchi tumani Chechak ota MFY ga qarashli kichik bir qishloq Chechak otada ziyolilar oilasida tug‘ilganman.Otam tadbirkor bo‘lishiga qaramay doimo shu ikki farzandlarining qornini to‘yg‘azish va ilmli qilish uchun non axtarar edi. Onam Qaxxorova Shohista ilmli va meni hayotda she‘riyatga qiziqtirgan ayol.Tadbirkor bo‘lishiga qaramay folklor namularidan baytlar,shoirlarning she‘rlaridan ,allalar aytib berardilar.Mening she‘riyatga qiziqtirgan onam bo‘lsa,o‘qtuvchilik esa ya‘ni fizika va astronomiya sohasiga bobom va otam turtki bo‘lganlarva ustozlarim.Ular doimo aytadilar o‘z ustingda tinmay shug‘ullansang kelajakda sendan kerakli kadr yetishib chiqadi der edilar.Onam aytadilar qalaming borida yozgin faqat rostini yoz.Men birinchi she‘r yozganimda ishoning qofiyasi bo‘lmagan edi. Lekin ona tili va adabiyotdan dars beradigan ustozimga birinchi vatan haqidagi she‘rimni ko‘rsatganimda Xusanova Nargiza Farxod qizi sizdan shoira chiqadi degandilar.Shundan keyin qator adabiyotlarni o‘qib bilimimni orttirib bordim.She‘riyat kechalarida qatnashar edim.Qiziqishlarimni ota-onam doimo qo‘llab-quvvatlaganlar.Men asta-sekin ustozlar e‘tiboriga tusha boshladim. Hozirgi paytda Buxoro davlat pedagogika instituti fizika va astronomiya yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabasiman.Institutning faol yoshlar va iqtidorli talabalar ro‘yxatiga kiritilganman.Gazeta va jurnallarda doimo faolman.She‘rlarimni respublika gazetalarida e‘lon qilib boraman.Qiz bola o‘qimasligi kerak.Qizlar o‘qib bilim olishga haqli.O‘zining hayotini hal qilishi kerak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qizlarimiz uchun qator imkoniyatlarni yaratib beryaptilar. Xotin-qizlarimiz o‘qisin deb Magistraturada ham grand asosida qabul qilinishi yokida o‘z tadbirkorlik qilishlari uchun esa subsidiyalar ajratilyapti. Faqatgina biz shu imkoniyatlardan unumli foydala olsak bo‘lgani. Men sayohat qilishga va kitob o‘qish, kitobxonlar davrasida bo‘lishni yaxshi ko‘raman.Chet 13 tillarini o‘rganish eng sevimli mashg‘ulotim.Bo‘sh vaqtimni til o‘rganish bilan o‘tkazaman She‘r yozaman va foydali kontentlar tayyorlayman.Hozirda ilmiy maqola ustida ishlamoqdaman.Men eng kata orzum vatanim uchun bilimli va izlanuvchan mutaxassis bo‘lish. Zulfiya mukofotini o‘z yo‘nalishim bo‘yicha olish va Zulfyaxonim izdoshi bo‘lish.O‘z biznes loyihamni ham amalga oshirish.Turkiya,Buyuk BritaniyaGermaiya kabi davlatlarga o‘z ustimda ishlash va rivojlantirish uchun almashinuv qilish. O‘z kariyeramni yaratish va o‘z mablag‘imga ega bo‘lish.Izlanishdan to‘xtamaslik va orzularni maqsadga aylantirish.Chunki hech qachon orzu orzuligicha qolmasligi kerak.Inson nimaki xohlab yaxshi niyat qilsa barchasiga erishadi.Bir joyda qotib qolmaslik kerak.Jamiyat bilan va ayni globallashuv jaroyonida yangi bilim va ko‘nikmalar bilan yashash kerak. Biz faqat ajdodlarimiz bilan faxrlanib qolamy ularga munosib avlod bo‘lishimiz kerak. O‘zbekistonni dunyoga tanitayotgan yoshlar orasida bo‘lish va yangi bilimlarni yaratish. Eng katta orzum ota-onam oldida prezidentimizdan mukofotni qabul qilib olish va ota-onasiga rahmat bu qizning deyishlari.Shunday bo‘lmagunicha harakatdan to‘xtamaydigan Xusanova Nagiza Farxod qizining maqsadlari amalga oshyapti. Muvaffaqiyat o‘zidan o‘zi kelmaydi buning uchun mehnat qilinadi, ter to‘kiladi va izlanishda davom etiladi.Qiz jamiyatning tanasi va u doimo tashabbuskor va intiluvchan bo‘lishi darkor. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling