Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

VATANIM 
Vatanparvar insoniyik bor senda, 
Lola-yu rayxonday ochiladursan 
Bahor taftin sendan olgandur 
Bag‘ringda quvnab yuradurman. 
Sen san mening go‘zal chamanim 
Jannatga teng bo‘lgan vatanim 
Gulzor-chamaningdan terdim gulg‘uncha 
Beg‘ubor bag‘ringda yayrab vatanim! 
 


14 
JABBOROVA SEVINCH NASRULLOYEVNA 
Chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi B2 darajali sertifikatga 
ega. Ijodiy ishlari gazetalarda va "Sug'diyona" jurnalida nashr 
qilingan. 2021-2022- o'quv yilida Yoshlar ishlari agentligi 
tomonidan o'tkazilgan "Eng namunali sardorlar ko'rik 
tanlovi"da Yoshlar ittifoqi sardori sifatida qatnashib jamoa 
bilan faxrli 1-o'rinni egallagan.
Hozirda Surxondaryo viloyati 
Sariosiyo tumanidagi 68-umum ta'lim maktabining 11-sinf 
o'quvchisi. 
HAYOT 
Inson umri barg misol, to'kilar- xazon bo'lar , 
Lek novdada turgan on ,yashnab, viqorga to'lar
Go'yo inson hayotni shu novdada ko'radi, 
Uzilgan yaproq kabi u ham bir kun so'nadi. 
Bu besh kunlik dunyoda kelib-ketar mehmonmiz, 
Kimlargadir mehribon, kimga yaxshi-yomonmiz
Yulduzday yonib - o'char, foniy dunyo qisqadir
Boylik izlab hayotda gunoh qilgan insonmiz! 
Umr o'tkinchi biroq uni ustun qo'yishar, 
Insonlar yaxshi so'zlab, ortdan g'iybat qilishar 
Boshiga g'am tushganda ba'zan taqvodor bo'lib, 
Oson bo'lgach mushkuli yana davom etishar. 
Hayot o'zi nadir deya ba'zan o'yga tolamiz, 
Oxiratni bilsak-da, lek gunohlar qilamiz 
Shon-u shavkat obro' uchun kimlargadir bosh egib, 
O'z yaqinin sotguvchi gunohkor bir bandamiz! 
O'ZBEKISTON 
Ilk bora ko'z ochgan muqaddas go'sham, 
Beshikdanoq singdirding Vatan tuyg'usin 
Ta'rifinggni kuylab so'z topolmasam 
Eshitgayman shu on qalbim sadosin 


15 
Qalbimga singgan dil ohim mening
Ajdodlarimga sen bo'lding makon 
Kengliklar sathida gul bog'im mening, 
Jannatmakonimsan , ey O'zbekiston! 
Tong saharda turib, yurganim zamon, 
Musulmonlar kuyi Azon yangragay 
Mo'min-musulmonning yurti begumon 
Allohga shukr deb namoz o'qishgay. 
Tinchlik hukm surgan ona diyorim 
Behishtnamo , go'zal, jannatmakonim 
Alloh nazar solgan O'zbekistonim! 
Bag'ringda o'tkazgan har kun va har on 
Bir umrga ko'ngilga keltirar quvonch. 
Zarvaraqlarga yozib bitilgan noming 
Muborak bo'lsin xalqim noming va shoning! 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling