Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘AMNING RANGI. . .
- SHIFO TILAB. . .
- ABDUMALIKOVA MOHINURBONU NURMUHAMMAD QIZI
- SHIFOXONADA...
KAMILOVA GO'ZALXON
1994-yil 19-fevralda Toshkent shaxrida tug'ilgan. 6 yoshidan she'rlar yoza boshlagan. She'r va maqolalari "Hordiq", "7 Mo'jiza", "Sog'lom avlod", "Oila va jamiyat", "Dilbarim", "Sug'diyona" gazetalarida chop etilgan. Hozirda Turkiyadagi antalogiyada ham ilmiy maqolalari chop etilmoqda. G‘AMNING RANGI. . . G'amning rangi bormikan, Qora desam o'xshamas. Siyox desam uncha-muncha, Ko'ngil buni xushlamas. G'am nimadir aslida, Azobga boy yurakmi? Kimlarnidir yig'latish, Boshqalarga kerakmi? 16 Bir tasavvur etaylik, G'am-alamsiz bu dunyo. Xazonsiz bog'ga o'xshar, Omad-baxt bog'dek go'yo. G'amning rangi bormikan, Qora desam o'xshamas. Siyox desam uncha-muncha, Ko'nglim buni xushlamas. SHIFO TILAB. . . (Ushbu she'rim oqqon bo'lgan bolalarga bag'ishlanadi) Yuragim ezadi ma'yus nigohing, Jajji joning azobdami bolajon. Duo qilamiz O'zi ahifo bersin, O'zi rahmlidir Alloh mexribon. Tosh yurakni ham eritdi yoshing, Bola boshingga bo'libsan oqqon. Hali bu sinovning rohatlari ko'p, O'zi qudratlidir Alloh mexribon. Ilohim umring ziyoda bo'lsin, Ota-onang orzusi bo'lmasin armon. Muolajang qimmat ekan bildik, O'zi Ar-Razzoqdir, Alloh mexribon. Qani edi savobtalab insonlar, Topshirsaydi sizlar uchun qon. Sabab bo'lardi yashashinga, O'zi Al-Malikdir Alloh mexribon. Osmonga termular ma'yus nigohing, Jajji joning ozordami bolajon. . . 17 ABDUMALIKOVA MOHINURBONU NURMUHAMMAD QIZI Buyuk Britaniya va Maldaviyada nashrdan chiqgan antalogiylarda qatnashgan. Tarona radiosi va Makom mediada faoliyat yuritadi. Zakovat bo'yicha tuman va viloyati bosqichlarida 1-o'rinni egallashgan. Hozirda Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti talabasi. SHIFOXONADA... Shifoxonaga o'g'ir ahvolda olib kelingan bemor sun'iy nafas berilib, arang o'ziga keltirilgan edi. Ko'p o'tmay ko'maga tushib qoldi. Bir necha yil avval qurilishda yuqoridan tushib, eri o'lgan uni o'g'lidan boshqa hech kimi yo'q edi.O'g'li endi maktabga chiqgan, o'qishdan kelib bozorda yuk tashiydi. Ona esa o'sha maktabda farroshlik qilardi. Shu payt xonaga doktorlar kirib kelishdi. Ayolni obdon tekshirishgach, unga faqat jarrohlik yo'li bilan yordam beradi olishlarini aytishdi. Aperatsiyani esa chet ellik jarroh qilardi. Bu jarrohlik albatta katta mablag' talab qilardi. Bu so'zlarni eshik oldida eshitgan 7 yoshli bolakay uyga qarab chopdi va to'plagan bor pulini Shifoxonaga olib keldi. Doktorlarning hay-haylashiga qaramay chet ellik jarrohning xonasiga kirdi va pulni ko'zi to'la yosh bilan jarrohga uzatdi. Jarroh pulni bolaning qo'lidan bolar ekan hech narsaga tushunmasdi. Chunki u O'zbek tilini bilmasdi. Lekin bolakay hozirgi ahvolini so'z bilan tushuntiradigan ahvolda emasdi. Shu payt xonaga kirib qolgan hamshira, vaziyatni jarrohga tushuntirdi va ko'madagi Ayol bolaning Onasi ekanligini aytdi. Vaziyatni tushungan Jarroh ko'p yillar oldin onasidan xuddi shunday chorasizlik tufayli ayrilganini esladi, va bolaga pullarni qaytarib, aperatsiya xonasini tayyorlashlarini buyurdi... Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling