Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- QALBINGIZDA YASHNASIN BAHOR
SHAHLO MATNIYAZOVA
1990-yil 26-iyulda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida ziyoli oilada tugʻilgan.Urganch Davlat universiteti chet tillari fakultetining nemis tili yoʻnalishini tamomlagan. Badiiy ijodga qiziqishi sababli oʻzbek va nemis tilda she'rlar yozadi.Shahloning ,,Ijod boʻstonidan guldasta'', ,,Bahor mushoirasi'' nomli bir necha she'riy toʻplamlarda she'rlari chiqqan.Ijodkorimiz ,,Doʻrmon''ijodkorlar klubi a'zosi sifatida ijod qilib kelmoqda. Hozirda Bogʻot tumanidagi 17- son maktabida oliy toifali nemis tili fani oʻqituvchisi boʻlib ishlab kelmoqda. OTA-ONAMGA Dunyoda hammadan aziz insonim, Otam dengizimdir, onam ummonim, Men uchun najotkor duo,Qur'onim, Ota,qarshingizda bosh egay doim Ona,ayirmasin sizdan xudoyim. Bagʻringiz kengligi olamga yetar, Farzandin qoʻlidan oʻlguncha tutar, Sizdayin dunyoga yuz yilda kelar, Ota,baxtimizga sogʻ boʻling doim Ona, ayirmasin sizdan xudoyim Jannatlar koʻrinar koʻzlaringizdan, Farishtalar silar yuzlaringizdan, Tavoflar qilaman izlaringizdan, Ona,qarshingizda bosh egay doim Ota, ayirmasin sizdan xudoyim. Ona boʻlsam hamki, hali bolaman, Mehr-u muhabbatni sizdan olaman, Men qachon sizdayin kuchli boʻlaman, Ona,sogʻ-salomat boʻling ilohim, Ota, ayirmasin sizdan xudoyim. 38 Oldingizda bordir,koʻp hali qarzim, Barini qaytarish farzandlik farzim, Siz sabab hayotdan yoʻq sira arzim, Ota, qarshingizda bosh egay doim, Ona, ayirmasin sizdan xudoyim. Nurlar yogʻib turgan nurli Qiblamsiz, Muqaddas Madina, misli Ka'bamsiz, Har tong boshim qoʻygan aziz sajdamsiz, Ota, qarshingizda bosh egay doim, Ona,ayirmasin bizni xudoyim. QALBINGIZDA YASHNASIN BAHOR Olam sirlarini aylayin oshkor, Labda kulgi boʻlsin,arisin gʻubor, Tashqarida doim yogʻsa hamki qor, Doim qalbingizda yashnasin bahor. Hayot ham gʻanimat,omonat asli, Muhabbat yurakdan chiqqan bir sasmi, Goʻzallik faslidir,nafosat fasli, Doim qalbingizda yashnasin bahor. Tabassum ham oʻzi misli bir savob, U bilan aylaysiz qalblarni tavof, Orzular boʻlsa-da ba'zida sarob, Lekin qalbingizda yashnasin bahor. Oʻn beshi qorongʻu oyning yarmi ham, Yonma- yon keladi shodlik ila gʻam, Nohaqlik koʻzingiz qilsa hamki nam, Doim qalbingizda yashnasin bahor. Shukur deng, hayotdan nolimang zinhor, Sevinch yoshlarimiz oqsin shashqator, Tashvishlar kelsa ham takror-u takror, Lekin qalbingizda yashnasin bahor. 39 Yoshlik ham qocholmas yillardan nari, Yashaylik dunyoda daraxt singari, Taqdir nasib aylab boʻlsak-da qari, Lekin qalbimizda yashnasin bahor. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling