Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

NIMA QILAY ,FARISHTAMASMAN 
Ollox bilsin ko'nglimni mening 
Bandasiga muhtoj emasman. 
G'iybatimni qilaversinlar 
Nima qilay ,farishtamasman. 
Gohi tilim gunohga botsa 
Gohi yo'ldan adashdi ko'nglim. 
Bilolmayin tushimmi,o'ngim 
Nima qilay ,farishtamasman. 
Kimni ba'zan kechirolmadim 
Alamimni o'chirolmadim. 
O'z bilganimdan ham qolmadim 
Nima qilay,farishtamasman. 
Qaysarligim boshimga balo 
O'zgarmayman ,qilmang iddao. 
Ketasizmi,ayni muddao 
Nima qilay ,farishtamasman. 
Men cho'milib ko'zim yoshiga
Ketganimda Egam qoshiga 
Yozing shunday qabrim toshiga 
"Nima qilay ,farishtamasman!" 


56 
SAMIMIY BO'LING! 
Ko'zlar aldamaydi hech qachon 
Ming yolg'onchi,ming puxta bo'ling. 
Mayli bir kun,mayli bir onga, 
Bo'lolsangiz , samimiy bo'ling! 
Ortimdan gapirmang xatolarimni 
Siz nima topasiz,men ne topardim. 
G'iybatdan kimningdir bog'i ko'karsa 
Ostonasida men yuz yil yotardim. 
Tiriklik aslida uch kunmi,besh kun 
Robbimiz amr etsa, hozir o'lamiz! 
Ertani kim bilar,kim ayta olar, 
Kim bilsin ertaga qanday bo'lamiz? 
Chiroyli yashamoq,chiroyli o'lmoq 
Shu emasmi axir hayot negizi? 
Bo'lmaydi shunchaki sevmoq,sevilmoq 
Bo'lmaydi shunchaki yashashning o'zi. 
Ko'ngil oynasidir ko'zlar begumon 
Tubida ne bo'lsa,ko'rsatar shaksiz! 
Qachonki ,aybimchun "savalarkansiz", 
U borada tamoman haqsiz! 


57 
SOHIBA NORMAYEVA 
1993-yil Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug`ulgan. 
She'riyat shaydosi. Tuman gazetalarida she'rlari chiqqan. 
Hozirda tarmoqli marketingda ishlaydi. 
KUMUSH 
Begim, deb chorlamish suygan yorini, 
Yuragiga qamab ohu- zorini, 
Otabekka tutib dilda borini, 
Yorining ishqida devona Kumush. 
Ikki dilga ko'prik boʻldi sadoqat, 
Hijron azobiga qilolgan toqat, 
Bedor tunlar ichra kutardi faqat, 
Yorining ishqida gʻamxona Kumush. 
Muhabbat bol emas tutsa ham zahar, 
Siynasiga firoq ursa ham xanjar, 
Arzi dod qilmadi ishqdan hech mahal, 
Yorni deb koʻzlari giryona Kumush. 
Sevgichun har nega yetdi bardoshi, 
Yigʻlayverib tindi, ko'zdagi yoshi, 
Nur sochdi- yu botdi hayot quyoshi, 
Yor ishqida toʻlgan paymona Kumush. 
Ketdiyu dillarni dogʻlatib ketdi, 
Armonning bagʻrini chogʻlatib ketdi, 
Begoyim begini yigʻlatib ketdi, 
Erta so'lgan misoli rayhona Kumush. 


58 
Ishq ahliga mudom vafo timsoli, 
Kunda shams, tunda moh go'zal jamoli, 
Muhabbati ummon oʻzbek ayoli, 
Tillarda sevgisi afsona Kumush. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling