Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

ESLATIB QO‘YING 
Inson vijdoniga hanjar uribdi, 
Insoniylik insondan yuzin buribdi, 
Qondoshlar begona kabi yuribdi, 
Do‗zaxni eslatib qo‗ying, ularga.
Jannatni eslatib qo‗ying ularga. 
O'zgarar beadl qarorlar bugun, 
Yechilar balki dildagi tugun
Bu kun oxirgisi bo‗lishi mumkin, 
Do‗zaxni eslatib qo‗ying, ularga.
Jannatni eslatib qo‗ying ularga. 
Kelmaydimi, endi qaytib oqibat, 
Nahot, esdan chiqdi qoyim-qiyomat, 
Do‗zaxni eslatib qo‗ying, ularga.
Jannatni eslatib qo‗ying ularga. 
Niyatga yarasha bo‗lar ijobat, 


63 
Qolmaydi yerda, qilsangiz ehson, 
Doimo Jannatni istaydi inson, 
Saxiylik yaxshidir, baxillik yomon 
Jannatni eslatib qo‗ying ularga. 
Niyatga yarasha bo‗lar ijobat. 
KECHIRING 
Garchan yashardingiz ko‗nglimda mushfiq, 
Gohida yoshlarga to‗ldi ko‗zlarim. 
Sizni asrolmadim, qanotsiz qushdek, 
Kechiring, yozilmay qolgan she‘rlarim. 
Omadim kelganda eslamay qo‗ydim 
Bo‗ldi oramizda arosat paydo
Qalbim og‗riganda qo‗llarim o'ydim, 
Sizlarning yoningizda asirman gado. 
Ohlarim yurakga sanchyabdi tikan, 
Yozolmay qolgan faqat menmikan, 
Sizlarni qaytadan yaratsammikan, 
Kechiring, yozolmay qolgan, she‘rlarim. 
Ko'p emas edi yozganlarim ham,
Yozolmay qolganim emas edi kam, 
Bugun shular o‗ylab ko`zlarimda nam, 
Kechiring, yozolmay qolgan, she‘rlarim. 


64 
SHAXZODA ZARBATOVA 
2006 - yil 17- iyulda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida 
tavallud topgan. Sayxunobod tumanidagi 10 - maktabning 11– 
sinf o‗quvchisi.She‘rlari ―Nur ustiga nur‖ nomli kitobda nashr 
etilgan. 
 
YOSHLIGIM 
Gulga qo‗nib, kapalakday, 
Uchib ketgan, yoshligim!.. 
Qalbga qurib quvonch qasrin 
Quchib ketgan, yoshligim !.. 
Sen ketding-u, qarilik - 
Hamroh bo‗ldi yonimda. 
Yoshlikdagi zavqlarim, 
Ifor sochar yodimda. 
Iforlaring xushbo‗y edi, 
Guldayin chiroyligim. 
Qarilikdan keldi xabar, 
Yoshlik ekan boyligim! 
ONAJONIM 
O'z jonidan jon ko‗chirgan onajonim, 
Oq sut bergan, rizq ichirgan onajonim, 
Xato qilsam ko‗p kechirgan onajonim, 
Borligingiz baxtim mening, borligingiz !.. 


65 
Oq-qorani tanitgan ham o‗zingiz, 
Dardlarimni aritgan ham o‗zingiz, 
Tafti qaynoq quyoshmidi yuzingiz, 
Borligingiz baxtim mening, borligingiz !.. 
Ko‗zingizdan yosh tushirdim, afv eting, 
Sochingizga oq tushirdim, afv eting, 
O‗zingizni o‗ylamoqqa ahd eting, 
Borligingiz baxtim mening, borligingiz !.. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling