Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLAM VA ODAM
SHAMSIDDINOV TURG'UNBEK
2013 - yil 29-dekabrda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tavallud topgan. Hozirda Sayxunobod tumanidagi 1-maktabning 4- sinf o'quvchisi. ONAM Chehrasi quyosh, ko'ngli yarimta, Onamning yuragi bo'lingan nimta. Rohatlar ko'rsin ikki dunyoda, Onamning umrini qilgin ziyoda. Mehribonim onam, baxtimiz - siz, Sizga hurmat sizga izzatim bo'lsin. Duo qiling, dillardagi ahdimiz - siz, Sizni rozi qilar xizmatim bo'lsin !.. OLAM VA ODAM Go'zallik ichida go'zallik yashar, Yaxshilik insonga doim yarashar, Olam va odam go'zal ekan-da, Yaxshilik qalbga mehr ulashar. 70 NAIMJONOVA SITORA UYG'UN QIZI 2005-yil 11-oktabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining Sarmich mahallasida tug'ilgan. "Qirg'iz shoir va yozuvchilar fondi" a'zosi. Respulika yosh ijodkorlarining "Zomin seminari- 2023" ishtirokchisi. Ilk kitobi "Kulchamning kulgichi" nomi ostida chop etilgan. Sheʼrlari Turkiyaning "Mujda" antalogiyasida, "Ijod bog'idan guldasta" va "Ko'ngil qo'shiqlari" nomli yoshlar bayozida va shuningdek respublika va viloyat gazetalarida nashr etilgan. Hozirda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi. ONA Ona, ko'z yoshlarim bolalab ketdi, Qishloqda qaqragan nigohing qumsab. Yuragim dashtida sog'inch o'tlagan, barra o't, barra. Qo'llaringni qavartirgan, qoraytirgan tandirdagi olov kabi mehring tusab, so'lib borar shaharlashgan qizing, qara! Ona, bu bahor ham tugab borar. Manglayi qizargan ayvoning qalay? Tokchada turibdimi o'sha beg'ubor, o'sha beozor sheʼrlar?.. Oh, mening sheʼrlarim — begunoh sheʼrlarim. Yozib turibman hali ham, ammo men deb gunohkor, boshiga g'am tushgan misralar, sheʼrlar bir talay. Lekin, qiyin juda, shahar bugun mexaniklashgan: mexanik ko'ngillar, mexanik yerlar... Ona, omonman, shukur, Soddasan-da onaginam, 71 xavotirning to'rlariga tushib yuribsan bir kapalak misol. Tashvishlanma, qizing salomat, Biroq biroz horigan, xolos ma'rifatning mashaqqatidan. Ona, faqat o'zing sirdoshsan, zamoni deb mexaniklashgan, o'sha faqir dillardan holi. Mana, o'n sakkizga kirmoqdaman. Ona, qizing ulg'ayib qoldi. Lekin angladimikan?! — Men bu: Sening O'n sakkiz yillik mehring, parvarishing, eʼtiboring, ishonching, umiding, xavotiring, quvonching va azobing! Ko'z yoshingni bolalatma, hey. O'n sakkiz yil o'qiding meni, endi o'qib o'ksima ortiq. Men-chi? Men-chi, ona?! Senga berilgan, o'zi go'zal, asli dard tortiq!.. *** Tun ojiz. Olovman oʻzimga, Nigohim oʻtparast, notavon dilimga intiqib boʻgʻzimga chiqma jon. Qalbimda oʻkira boshlangan sog'inchning nafsidan toʻydim-ov nazarxoʻr koʻzlarim yoshlanmay qoʻydi-yov... 72 Ishqparast tumanlar qarshimda yolgʻonchi xotirday qolodir, Holsoʻrar saslarim arshimga borodir... Shu koʻyda yuragim telbavor Otashman, alanga qoʻnsin-ey Olovqalb ruhlarga Xudo yor boʻlsin-ey. Xudo yor boʻlsin-ey..! Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling