Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

SHOHRUX ALI 
2006-yil 7-oktabrda Toshkent viloyati Yuqori chirchiq 
tumanida tavallud topgan. Hozirda Respublika o‗g‗il 
bolalar o‗quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchisi. 
OTA 
Yolg‗iz dil afsusda yonmoqda, ota. 
Armonlar yoqamdan olmoqda, ota. 
Do`stlarim, dushmandek ko‗rinar bugun, 
Ko‗nglimga xavotir solmoqda, ota. 
Sizsiz bu dunyolar tor ekan bildim, 
Siz bor baxtim ham bor ekan bildim. 
Ko`chalarga qarab o`tgandir kunim. 
Yig`lasam yoshimni artmadi hech kim. 
Otajon, siz kabi yolg`izlikdaman, 
Oynaga termilib o`tadi- umrim. 
Sizsiz bu dunyolar tor ekan, ota 
Siz bor baxtim ham bor ekan ota,. 


67 
YURAK YIG‘LAR 
Yurak yig`lar, ucholmagan qushga o`xshab, 
Baxt izlayman o‗ng bo‗lmagan tushga o‗xshab, 
Yig`layapman, o`z boshimni o`zim silab, 
Bu hayotning nayranggidan charchaganman 
Bu yelkamga tushgan yuklar juda og`ir, 
G‗or qadamlar qiyomatga boshlar oxir, 
Ey odamlar men ham sizdek inson axir, 
Bu hayotning nayranggidan charchaganman. 
Har qadamim o`lchanmoqda tarozlarda, 
Qanotlarim sinmasmikan parvozlarda, 
Yolg‗on so‗zlar jaranglaydi ovozlarda, 
Bu hayotning nayranggidan charchaganman. 
Ba‘zan rostmi, ba‘zan yolg`on tilim so`zlar, 
Yuragimning sog‗inchlari sizni izlar, 
Hqiqatni asrayotgan ummon ko‗zlar, 
Bu hayotning nayranggidan charchaganman. 
MAMIROVA NILUFAR 
1976-yil 29-dekabrda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida 
tavallud topgan. Iste‘dodli, umidli ijodkor. 
KECHIRING ONA 
Sog‗intirib yoningizga borolmasam, 
Dardingizga sira malham bo‗lolmasam 
Qo‗lingizdan o‗pib tavof qilolmasam 
Sizga qanday farzand bo‗ldim, Onajon. 


68 
Qachon sizga ro‗mol olib bergan edim, 
Sizga atab qachon gullar tergan edim, 
Kelar bo‗lsam o‗z dardim-la kelgan edim, 
Sizga qanday farzand bo‗ldim, Onajon. 
Chala ishlar shuning bilan but bo‗ldimi, 
Yo‗lim qarab ko‗zlaringiz to‗rt bo‗ldimi, 
Ota-ona farzandga unut bo‗ldimi, 
Sizga qanday farzand bo‗ldim, Onajon. 
G‗aflat bosar, bu dunyoning ishlaridan, 
Ortolmadim uy- ro‗zg‗or tashvishlaridan, 
Xafa bo‗lmang , bemehrlik qilmishlaridan, 
Sizga qanday farzand bo‗ldim, Onajon. 
BIR KAM DUNYO 
Sinar bizni Qodir Egam, 
Birovga ko‗p , birovga kam, 
Chidaymiz-da ne bo‗lsa ham 
Bir kam dunyo - shudir asli. 
Kimdir yashar , uyi qasr, 
Mol-dunyoga bo‗lib asir, 
Pand- nasixat qilmay ta‘sir 
G‗aflat bosgan - shudir asli.
Yana kimning usti yupun, 
Lek sajdada boshi har kun, 
Imonidir nafsdan ustun, 
Alloh suygan - shudir asli. 
Yig‗ilsa gar to‗rtta kishi, 
G‗iybat bo‗lar qilgan ishi, 
Bekor o‗tar yoz-u qishi
Gunohi ham shudir asli. 


69 
Tiriklik baxt, tinch zamonda, 
Yashayapmiz sog‗-omonda, 
Shukur qilmasak yomon-da
Boyligimiz - shudir asli! 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling