Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

DADAJON 
Dada, ko'zlarimdan oqar halqa yosh,
Bo'g'zimga tiqilar alla nimalar?!
Bilmay qalbingizni og'ritgan bebosh,
Qizingiz ko'nglini nelar timdalar? 
Bedavo dardimga kerakdir darmon,
O'shal darmon asli sizsiz, DADAJON!
Har bir so'zlaringiz malham va shifo,
Nurab qolgan ko'ngil siz bilan go'zal.
Siz kelgan davraga keladi safo,
Bulbul qoshingizda o'qisin g'azal.
Dengizni yondirar alamli doston,
G'am cheksam kuyingan sizsiz, DADAJON!
Shodon kunlarimda chechaklar otib,
Quvonchli yoshingiz bizdan yashirgan.
Baxtlarga qorishiq orzuga botib,
Bitta quvonchimni o'nga toshirgan.
Ezgu yo'limda bir insonim sarbon,
Yo'limda mash'alam sizsiz, DADAJON!
Mehribonim mening, qiblagohimsiz,
Yurgan yo'lingizdan unadi giyoh.
Mo'tabar insonim, sajdagohimsiz,
Dada hech bo'lmasin qalbingiz siyoh!
Boshimda tojimsiz qalbimga sulton,
Umringiz ziyoda bo'lsin, DADAJON!


85 
Orzulari oydan oydin qizingiz,
Ko'zingiz namlatmas hech inshaallah.
Duoga barobar aytgan so'zingiz,
Sizdek padarim bor alhamdulillah!
Ijobat bo'lajak orzusi ummon,
Qaynoq mehri cheksiz daryo DADAJON!
BONU AXMEDOVA 
2009-yil 2-dekabrda Sirdaryo viloyati Guliston shahri Sayqal 
mahallasida tug'ilgan. Sirdaryo viloyatida joylashgan Halima 
Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi. 
* * * 
Ba‗zida jimgina sukutga cho‗mib, 
Hayol ummonida unsiz suzasan. 
Qancha darding bo‗lsa qalbingga ko‗mib, 
Yuzaki bo‗lsa ham kulib qo‗yasan. 
Parchalangan qalbni tuzatib bo‗lmas 
Koshkiydi bir bora tiklay ololsam. 
Sabrimning kosasi ortiq chidolmas 
Men ham odamdayin yashay ololsam. 
* * * 
Bugun yomg‗ir yog‗di ko‗nglimdagidek
Yomg‗irga qo‗shilib men ham yig‗ladim. 
Xuddi avval ko‗rgan tushimdagidek 
Dardimni kuylarga solib kuyladim. 
Chidadim, xo‗p dedim ammo bu safar, 
Yuragim ko‗nmadi ilk bor so‗zimga. 
Hayotda bir bora qucholmay zafar, 
Dunyo tor ko‗rindi mening ko‗zimga. 


86 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling