Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

USMONOVA MAXFIRAT 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix yoʻnalishi 
3-
bosqich talabasi. 
XX ASR 90-YILLARIDA XALQARO 
MUNOSABATLARNING O’ZIGA XOSLIGI 
Anotatsiya: Ushbu maqolada 90-yillardagi siyosiy jarayonlar, ikki qutbli dunyoning 
barbod bo‘lishi, GFRning G‘arbiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy jihatdan yetakchi 
o‘rinlarga chiqishi, NATO uning a‘zolari soni ko‘payishi, xalqaro munosabatlar va 
BMT faoliyati xaqida fikr va malumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so’zlar: BMT, ‖Katta sakkizlik‖, AQSH, GFR, J.Pompidu, ‖oltilik‖, Yevgeniy 
Primakov, NATO. 
XX asrning ikkinchi yarmi iqtisodiy va siyosiy tendensiyaning o‘sishi bilan 
xarakterlanadi. Bu hol, birinchi galda, bir qator hukumatlararo va nohukumatlararo 
xalqaro tashkilotlarning tuzili¬shi bilan ifodalanadi. 80-90-yillar oxirida jiddiy 
o'zgarishlar yuz berdi. 1991 yilda CMEA va OVD tugatildi. 1990-yil sentabrda GDR, 
GFR, Buyuk Britaniya, SSSR, AQSH va Fransiya vakillari Germaniya masalasini hal 
qilish va Germaniyani birlashtirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar . SSSR o'z 
qo'shinlarini Germaniyadan olib chiqib ketdi va birlashgan nemis davlatining 
NATOga kirishiga rozi bo'ldi. Polsha, Vengriya va Chexiya 1999 yilda NATOga 
qoʻshilgan. Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Litva, Latviya va Estoniya 
2004 yilda NATOga qo‗shilgan. 
Hozirgi davr jahon siyosatidagi asosiy omillardan biri sifa¬tida har yili 
o‘tkazib turiladigan "Katta sakkizlik'' yig‘inlarini ta‘kidlab o‘tishimiz mumkin. 
"Katta sakkizlik»ga AQSh, GFR, Fran¬siya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya, 
Kanada va Rossiya kabi indus¬trial jihatdan taraqqiy etgan davlatlar kirib, bu 
davlatlarning boshliqlari har yili iqtisodiyot va tashqi siyosatning muhim masa¬lalari 
yuzasidan fikrlashib, muammolarni bartaraf qilish uchun to‘planadi. Sakkizlikning bu 
yig‘inlarida asosiy diqqat-e‘tibor iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, tashqi iqtisodiy 
aloqalardagi iz¬dan chiqqan muvozanatni tiklash, inflyasiya, ishsizlik va boshqa 


110 
muammolarga e‘tibor beriladi . Harbiy-strategik, tashqi siyosiy va boshqa masalalar 
ham muhim o‘rin tutadi. Yevropadagi integrasion jarayonlar boshqa hududlardagiga 
nis¬batan muvaffaqiyatli kechdi. 
Yevropa davlatlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish va 
"umumevropaviy ongni shakllantirish kabi masalalarga o‘z diqqat-e‘tiborini qaratdi. 
Natijada Buyuk Britaniya Yevropadagi integrasion jarayonlardan ma‘lum bir 
muddatga uzoqlashgan bo‘lsa, GFR esa jarayonning faol ishtirokchisiga aylandi. 
G‘arbiy Yevropa integratsiyasidagi siyosiy yo‘nalish o‘rniga, iqtisodiy yo‘nalishga 
asosiy diqqat-e‘tibor qaratildi. Dastlab YeIHga a‘zo bo‘lgan davlatlarning siyosiy 
suvereniteti to‘la saqlanib qolgani holda, integratsiyaning asosiy yo‘nalishlari sifatida 
bojxona bojlaridan asta-sekinlik bilan voz kechish, moliyaviy qonunchilikni bir 
xillashtirish va yagona agrar siyosatni olib borish kabilar belgilab olindi. Bu vazifalar 
deyarli 1968 yilga kelganda bajarib bo‘lingan edi. 60-yillarning oxirlariga kelib 
G‘arbiy Yevropa integratsiyasi jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlangan edi. 
1969 yilda ''oltilik'' davlat rahbarlarining Gaagadagi yig‘ilishida Fransiya Prezidenti 
J.Pompidu "Integratsiyani nihoyasiga yetkazish, chuqurlashtirish va kengaytirish" 
dasturini ilgari surdi . 
Shu Dastur doirasida 1972 yilda YeIHni kengaytirish amalga oshirildi. 
Hamjamiyat tarkibiga Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya kirdi. Bu jarayon to‘xtab 
qolmadi va keyinchalik yana Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya, 1995 yilning 1 
yanvaridan esa Avstriya, Shvetsiya va Finlyandiya ham qo‘shildi. 2007 yil yanvariga 
kelib Yevropa Ittifoqi a‘zolarining soni 27 taga yetdi. 2010 yilga kelib esa YeIH 
davlatlari soni 28 taga yetdi. 70-yillarning boshlaridan Valyuta Ittifoqini tashkil etish 
va YeIH davlatlarining siyosiy integratsiyasini mustahkamlash yuzasidan ham 
Dasturlar ishlab chiqilgan edi. 2002 yildan YeIH davlatlari yagona pul birligi - 
yevroga o‘tdilar 
1993 yilning 1 yanvaridan boshlab YeIH hududlarida yashayotgan 350 mln dan 
ortiq yevropaliklarga YeIHga a‘zo davlatlar hududlarida erkin harakatlanish huquqi 
berildi . Xizmat ko‘rsatish, mahsulot va sarmoyaning yagona bozori shakllandi. 
Hukumatlar qonunchilikni bosqichma-bosqich yagonalashtirishni boshlab yubordi. 
Yaqin kelajakda valyuta tizimlarini batamom birlashtirish, YeIH fuqarolarining 
yagona institutini tashkil etish, Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy jihatdan 
yaqinlashuvi va xavfsizlik tizimini yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator 
tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirib qo‘yilgan edi. Maastrixt Shartnomasi YeIHning 
keyingi yillarda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergan edi. 
1990-yillar boshlarida xalqaro munosabatlarda Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida sotsializm barbod bo‗ldi. SSSRning tarqalib ketishi va «ikki qutbli 
dunyo» modelining barham topishi bilan xarakterlanadi . 1990-yillarning oxirida, 
Yevgeniy Primakov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimiga kelganidan 


111 
so'ng, Rossiya, Hindiston va XXR o'rtasida yaqin ittifoq tuzishni nazarda tutuvchi 
RIC konsepsiyasi paydo bo'ldi, bu esa Osiyo kun tartibining muhimligini ta'kidlaydi.
Xulosa 90-yillarda BMTning tinchlikni o‘rnatishga qaratilgan fa-oliyatini 
Namibiya va Fors ko‘rfazidagi nizolarni bartaraf etishdagi sa‘y-harakatlarida ko‘rish 
mumkin. 1990 yilda BMT Quvaytga hujum qilgan Iroqqa qarshi ko‘p millatli harbiy 
kuchlardan foydalanishga sanksiya berdi. Namibiya, mojarosi barcha qarama-qarshi 
tomonlarni muzokaralar jarayoniga tortish orqali qon to‘kilmasdan ijobiy bartaraf 
etildi. BMT o‘z oldiga qo‘ygan majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etib, o‘tish 
davrida mamlakatni boshqarish, Namibiya hududida tinchlikni saqlab turish, erkin 
saylovlarning o‘tishini va Angola hamda Namibiyadan chet el harbiy kuchlarining 
chiqarilishini nazorat qilish kabi tadbirlarda bosh-qosh bo‘ldi. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling