Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
USMONOVA MAXFIRAT
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix yoʻnalishi 3- bosqich talabasi. XX ASR 90-YILLARIDA XALQARO MUNOSABATLARNING O’ZIGA XOSLIGI Anotatsiya: Ushbu maqolada 90-yillardagi siyosiy jarayonlar, ikki qutbli dunyoning barbod bo‘lishi, GFRning G‘arbiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy jihatdan yetakchi o‘rinlarga chiqishi, NATO uning a‘zolari soni ko‘payishi, xalqaro munosabatlar va BMT faoliyati xaqida fikr va malumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so’zlar: BMT, ‖Katta sakkizlik‖, AQSH, GFR, J.Pompidu, ‖oltilik‖, Yevgeniy Primakov, NATO. XX asrning ikkinchi yarmi iqtisodiy va siyosiy tendensiyaning o‘sishi bilan xarakterlanadi. Bu hol, birinchi galda, bir qator hukumatlararo va nohukumatlararo xalqaro tashkilotlarning tuzili¬shi bilan ifodalanadi. 80-90-yillar oxirida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. 1991 yilda CMEA va OVD tugatildi. 1990-yil sentabrda GDR, GFR, Buyuk Britaniya, SSSR, AQSH va Fransiya vakillari Germaniya masalasini hal qilish va Germaniyani birlashtirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar . SSSR o'z qo'shinlarini Germaniyadan olib chiqib ketdi va birlashgan nemis davlatining NATOga kirishiga rozi bo'ldi. Polsha, Vengriya va Chexiya 1999 yilda NATOga qoʻshilgan. Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Litva, Latviya va Estoniya 2004 yilda NATOga qo‗shilgan. Hozirgi davr jahon siyosatidagi asosiy omillardan biri sifa¬tida har yili o‘tkazib turiladigan "Katta sakkizlik'' yig‘inlarini ta‘kidlab o‘tishimiz mumkin. "Katta sakkizlik»ga AQSh, GFR, Fran¬siya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya, Kanada va Rossiya kabi indus¬trial jihatdan taraqqiy etgan davlatlar kirib, bu davlatlarning boshliqlari har yili iqtisodiyot va tashqi siyosatning muhim masa¬lalari yuzasidan fikrlashib, muammolarni bartaraf qilish uchun to‘planadi. Sakkizlikning bu yig‘inlarida asosiy diqqat-e‘tibor iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, tashqi iqtisodiy aloqalardagi iz¬dan chiqqan muvozanatni tiklash, inflyasiya, ishsizlik va boshqa 110 muammolarga e‘tibor beriladi . Harbiy-strategik, tashqi siyosiy va boshqa masalalar ham muhim o‘rin tutadi. Yevropadagi integrasion jarayonlar boshqa hududlardagiga nis¬batan muvaffaqiyatli kechdi. Yevropa davlatlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish va "umumevropaviy ongni shakllantirish kabi masalalarga o‘z diqqat-e‘tiborini qaratdi. Natijada Buyuk Britaniya Yevropadagi integrasion jarayonlardan ma‘lum bir muddatga uzoqlashgan bo‘lsa, GFR esa jarayonning faol ishtirokchisiga aylandi. G‘arbiy Yevropa integratsiyasidagi siyosiy yo‘nalish o‘rniga, iqtisodiy yo‘nalishga asosiy diqqat-e‘tibor qaratildi. Dastlab YeIHga a‘zo bo‘lgan davlatlarning siyosiy suvereniteti to‘la saqlanib qolgani holda, integratsiyaning asosiy yo‘nalishlari sifatida bojxona bojlaridan asta-sekinlik bilan voz kechish, moliyaviy qonunchilikni bir xillashtirish va yagona agrar siyosatni olib borish kabilar belgilab olindi. Bu vazifalar deyarli 1968 yilga kelganda bajarib bo‘lingan edi. 60-yillarning oxirlariga kelib G‘arbiy Yevropa integratsiyasi jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlangan edi. 1969 yilda ''oltilik'' davlat rahbarlarining Gaagadagi yig‘ilishida Fransiya Prezidenti J.Pompidu "Integratsiyani nihoyasiga yetkazish, chuqurlashtirish va kengaytirish" dasturini ilgari surdi . Shu Dastur doirasida 1972 yilda YeIHni kengaytirish amalga oshirildi. Hamjamiyat tarkibiga Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya kirdi. Bu jarayon to‘xtab qolmadi va keyinchalik yana Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya, 1995 yilning 1 yanvaridan esa Avstriya, Shvetsiya va Finlyandiya ham qo‘shildi. 2007 yil yanvariga kelib Yevropa Ittifoqi a‘zolarining soni 27 taga yetdi. 2010 yilga kelib esa YeIH davlatlari soni 28 taga yetdi. 70-yillarning boshlaridan Valyuta Ittifoqini tashkil etish va YeIH davlatlarining siyosiy integratsiyasini mustahkamlash yuzasidan ham Dasturlar ishlab chiqilgan edi. 2002 yildan YeIH davlatlari yagona pul birligi - yevroga o‘tdilar 1993 yilning 1 yanvaridan boshlab YeIH hududlarida yashayotgan 350 mln dan ortiq yevropaliklarga YeIHga a‘zo davlatlar hududlarida erkin harakatlanish huquqi berildi . Xizmat ko‘rsatish, mahsulot va sarmoyaning yagona bozori shakllandi. Hukumatlar qonunchilikni bosqichma-bosqich yagonalashtirishni boshlab yubordi. Yaqin kelajakda valyuta tizimlarini batamom birlashtirish, YeIH fuqarolarining yagona institutini tashkil etish, Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy jihatdan yaqinlashuvi va xavfsizlik tizimini yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirib qo‘yilgan edi. Maastrixt Shartnomasi YeIHning keyingi yillarda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergan edi. 1990-yillar boshlarida xalqaro munosabatlarda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsializm barbod bo‗ldi. SSSRning tarqalib ketishi va «ikki qutbli dunyo» modelining barham topishi bilan xarakterlanadi . 1990-yillarning oxirida, Yevgeniy Primakov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimiga kelganidan 111 so'ng, Rossiya, Hindiston va XXR o'rtasida yaqin ittifoq tuzishni nazarda tutuvchi RIC konsepsiyasi paydo bo'ldi, bu esa Osiyo kun tartibining muhimligini ta'kidlaydi. Xulosa 90-yillarda BMTning tinchlikni o‘rnatishga qaratilgan fa-oliyatini Namibiya va Fors ko‘rfazidagi nizolarni bartaraf etishdagi sa‘y-harakatlarida ko‘rish mumkin. 1990 yilda BMT Quvaytga hujum qilgan Iroqqa qarshi ko‘p millatli harbiy kuchlardan foydalanishga sanksiya berdi. Namibiya, mojarosi barcha qarama-qarshi tomonlarni muzokaralar jarayoniga tortish orqali qon to‘kilmasdan ijobiy bartaraf etildi. BMT o‘z oldiga qo‘ygan majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etib, o‘tish davrida mamlakatni boshqarish, Namibiya hududida tinchlikni saqlab turish, erkin saylovlarning o‘tishini va Angola hamda Namibiyadan chet el harbiy kuchlarining chiqarilishini nazorat qilish kabi tadbirlarda bosh-qosh bo‘ldi. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling