Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

SEVGI QISSASI 
Sizga bayon etayin 
Ajib sevgi qissasin, 
Diqqat bilan tinglangiz 
Chiqaringlar hissasin. 
Ibrahim doimgidek 
Instagramda turardi, 
Unga layk bosgan qizning 
Profilin koʻrardi. 
Sirli qiz post ostiga 
Chiroyli soʻzlar yozar, 
Ibrohim uni oʻqib 
Goʻyo, aqldan ozar. 
Doʻstlik taklifin berish 
Istagida yurardi, 
Lekin bilmasdi, unga 
Nima toʻsiq boʻlardi. 
Bir kuni jurʼat topib 
Doʻdtlik taklifin berdi, 
Bir soat oʻtar-oʻtmas 


116 
Qabul boʻlganin koʻrdi. 
Quvonchidan goʻyoki 
Osmonlarda uchardi, 
Hayolan shu qiz uchun 
Bor-yoʻgʻidan kechardi. 
Qizning doʻstlari aro 
Oʻgʻil bola yoʻq edi 
Ibrohim bundan mamnun 
Qizdan koʻngli toʻq edi. 
Qiziqish ustun kelib 
Savol berdi Ibrahim 
Oʻgʻil bola doʻsting yoʻq 
Barchasi qizlar, nechun? 
Savoliga Ibrahim 
Chiroyli javob oldi 
Ular menga nomahram 
U chuqur oʻyga toldi. 
Shunda anglab yetdiki, 
Qiz uni sevar ekan. 
Hayolida tun-u kun 
Ibrohim boʻlar ekan. 
Bizga ayon boʻldiki, 
Qizning ismi Ziyoda, 
Hozirgi kunda qizdan 
Baxtlisi yoʻq dunyoda. 
Tun-u kun gaplashardi, 
Goʻzal suhbat qurardi, 
Birga tahajjud oʻqib 
Bir xil niyat qilardi. 
Ollohdan bir-birining 
Visolini soʻrardi, 
Ibrohim uxlab qolsa 
Ziyoda uygʻotardi. 
Shu tarzda oʻtar kunlar 
Kunlar ketidan oylar 
Ziyodaning ishqida 
Bedor oʻtardi tunlar. 
Ziyoda Ibrahimni 
Suratlarda koʻrgandi, 


117 
Ibrohim esa hatto 
Suratin koʻrmagandi. 
Ular qaror qilishdi, 
Uchrashmoqchi boʻlishdi, 
Uchrashish joyini va 
Vaqtini kelishishdi. 
Ibrohim uchrashuvga 
Tayyorgarlik koʻrardi, 
Yuragi doimgidan 
Boshqacha, tez urardi. 
Ziyoda ham kelgandi 
Yaqin oʻrtogʻi bilan, 
Yuzini toʻsib turar 
Nafis roʻmoli bilan. 
Ibrohim yetib keldi, 
Qizga salomin berdi, 
Kutganimdanda goʻzal 
Sohibjamolsan derdi. 
Ziyoda yerga qarab 
Qizarib turar edi, 
Ibrohimga nimadir 
Aytmoqchi boʻlar edi. 
Shunda tushunib yetdi 
U Ziyoda emasdi, 
Dugonasi ekan u 
Oʻzi goʻzal emasdi. 
Ibrohim baland boʻyli 
Kelishgan yigit edi, 
Oddiy koʻrimsiz qizcha 
Menga mos emas dedi... 
Ziyoda koʻz yoshlarin 
Toʻxtata olmas edi, 
U nima xis qilganin 
Ibrohim sezmas edi.
Oʻylab ham oʻtirmayin 
Yoʻlida davom etdi, 
Oʻrtadagi rishtalar 
Shu on uzildi, ketdi. 
Ziyoda Ibrahimni 


118 
Hamon kuzatar edi, 
Lekin buni hammadan 
Sir tutib yurar edi. 
Bir kuni dugonasi 
Nohush xabar keltirdi, 
Ibrohim uylanibdi, 
Ziyoda xoʻp ezildi. 
Koʻz yoshlari shash qator 
Yuzlarini yuvardi, 
Chorasiz qolgach oʻzin 
Oʻldirmoqchi boʻlardi. 
Yigʻlab-yigʻlab axiyri 
Arang uxlab qolibdi, 
Uxlay turib tushida 
Shunday xolat boʻlibdi. 
Kimsasiz kenglik aro 
Ibrohim kezar edi, 
Bu yerda xavf borligin 
Yuragi sezar edi. 
Bundan voqif Ziyoda 
Toʻxtatay deb yugurdi, 
Ammo shiddatli gulxan 
Domiga gʻarq qildirdi. 
Tez odimlagan gulxan 
Qiz tomonga kelardi, 
Qiz joyida tosh qotib 
Chorasiz qaltirardi. 
Shu onda zulmat qochdi, 
Yorugʻlik nurin sochdi, 
Ajib goʻzal qiyofa 
Qizga bagʻrini ochdi. 
Sekin qoʻlidan tutib 
Baxt tomon chorlar uni, 
Qiz uygʻonib oʻylardi, 
Tabiri nedir buning. 
Taqvodor qiz ibodatin
Koʻpaytirdi kunsain, 
Istigʻforlar aytib takror 
Tavba qildi tinmayin. 


119 
Endi Ibrahim uchun 
Duolar qilmas edi, 
Holi ne kechsa hamki 
Parvo ham qilmas edi. 
Endi duolarida 
Iymonli yor soʻrardi, 
Shu inson bilan birga 
Iqbolini koʻrardi. 
Oradan koʻp oʻtmayin 
Qiz ham turmushga chiqdi, 
Yigit oʻylaganidek 
Iymonli, qori chiqdi. 
Toʻydan keyin ikkisi 
Umraga safar qildi, 
Ne soʻrasa Allohdan 
Ortigʻi bilan boʻldi. 
Vaqtning tezligin koʻring 
Oʻn olti yil oʻtibdi, 
Shirin qizaloq Hojar 
Voyaga ham yetibdi. 
Hojar onasi kabi 
Taqvoli qiz boʻlganmish, 
Kim eshitsa tarifin 
Xaridori boʻlganmish. 
Bir kun hushroʻy yigitdan 
Qizga sovchi kelibdi, 
Qancha rad qilishmasin 
Xoʻb yugurib yelibdi. 
Shunda otasi unga 
Roziligini aytdi, 
Quvonchga toʻlgan yigit 
Shoshilib uyga qaytdi. 
Shirin tashvishlar bilan 
Yugurib yelishibdi. 
Hatto toʻy kunigacha 
Belgilab qoʻyishibdi. 
Hushroʻy yigit otasin 
Horijdaligin aytdi, 
Toʻy kuni kelishildi 


120 
Otasi qaytgan paytga. 
Ota qaytar kun yaqin, 
Yusuf suyunar edi. 
Tezroq otam kelsayu 
Fotiha olsam dedi. 
Ota qaytdi ikkovi 
Qizning uyiga shoshdi, 
Darvozani ularga 
Ziyoda kelib ochdi. 
Koʻzlariga ishonmas 
Darvoza yonida kim, 
Bir soʻz deyolmas edi 
Qarab turar edi jim. 
Yusufbekning otasi 
Ibrohim boʻlib chiqdi 
Taqdir hazilin koʻring 
Buyogʻi qandoq chiqdi. 
Ibrohim va Ziyoda 
Tosh qotib turishardi, 
Bu xolatga na kulib 
Na yigʻlash bilishardi. 
Ibrohim koʻp oʻtindi 
Toʻyni qaytarmang deya, 
Qilgan axmoqligidan 
Ming bor pushaymon yeya. 
Ibrohim farzandini 
Yolgʻiz katta qilgandi 
U tanlagan goʻzal qiz 
Oʻzini xor qilgandi. 
Toʻyidan bir yil oʻtib 
Boyligin oʻzlashtirib 
Soʻng uni tashlab ketdi 
Boyrogʻin izlashtirib. 
Ibrohim farzandiga 
Goʻzal tarbiya berdi, 
Men qilgan xatoyimni 
Oʻgʻlim qilmasin derdi. 
Ziyoda Ibrahimni 
Kechirganini aytdi, 


121 
Muammolar hal boʻlib 
Bari iziga qaytdi. 
Yusuf bilan Hojarning 
Toʻylarini qilishdi, 
Yoshlar baxtli boʻlsin deb 
Koʻp duolar qilishdi. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling