Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
TURG'UNOVA MUNISAXON BAXTIYAROVNA
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- TONG 102 OYDIN KECHA
- BUGUN BIZLAR MANA BEGONA BOLDIK...
TURG'UNOVA MUNISAXON BAXTIYAROVNA
1986 yil 15 mart kuni Toshkent shaxrida tug'ilgan. 2013 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 32-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida Tasviriy san'at fanidan dars berib kelmoqda. Shuningdek shu yilning y'ani 2023 yil 18 iyul kuni Rossiyaning Sankt- Peterburg shaxrida bo'lib o'tgan "Невский проспект" nomli ko'rik tanlovda o'quvchisi Xolmatjonov Bekzod o'zining milliy mazmundagi ijodiy ishlari bilan qatnashib faxrli 1- o'rinni egalladi. TONG 102 OYDIN KECHA 103 NORSAFAROVA NILUFAR BOYBO'RI QIZI 2004-yil 24-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug‗ilgan. Ayni vaqtda Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2023-yilda "Innovatsion targ'ibotchi" ko'krak nishoni sohibasi bo'lgan. Bundan tashqari hozirda institutdagi volontyorlik ishlarida faol ishtirok etmoqda. "Maqollarning shakllanish tarixi", , "Epik asarning spetsifik xususiyatlari", "Uyushiq bo‗laklar, ajratilgan bo‗lak, undalma va kiritmalarning gapdagi o'rni va ahamiyati" kabi maqolalar muallifi. BUGUN BIZLAR MANA BEGONA BO'LDIK... Orzu osmonida uchrashib nogoh, Olovday yondik va guldayin so'ldik. Ayriliq gashtidan bo'lmadik ogoh, Bugun bizlar mana begona bo'ldik... Ayro bo'ldi yo'llar bilmam hech nega, Dunyolarga sig'mas orzular qildik. Armonlar bo'ldi-da, endi do'st bizga, Bugun bizlar mana begona bo'ldik... Ko'zlar ko'zga tushsa, tanimaganday, Indamay, so'z demay - jimgina ketdik. Endi baxt biz uchun abadiy tushday, Bugun bizlar mana begona bo'ldik... Hech bitmas, tugamas, uzun ertakmiz, Ishqni biz jimgina o'yinga yo'ydik. Firoq osmonida hanuz halakmiz, Bugun bizlar mana begona bo'ldik... Oradan ko'tarildi mehr-muhabbat, Alamdan, hasratdan saroylar qurdik. Inson har narsaga qilarkan toqat, Bugun bizlar mana begona bo'ldik... 104 Taqdir, senga bizdan yo'qdir shikoyat, Har ishda hikmat bor - yurakka o'ydik. Kel, bizga do'st bo'lgin endi, halovat, Bugun bizlar mana begona bo'ldik… MAHZUNAM (Eng yaqin dugonam Saidova Mahzunaga) Mehri daryo, qalbi ummonim, Har bir so'zi tanga darmonim! Ummat bo'lgan kuningiz Qutlug' bo'lsin, dugonajonim! A'lo kayfiyatlar hech ham Tark etmasin sizni, bahorim! Omad bo'lsin hamroh har dam Sizga barcha dilda izhorim! Hech ham ko'rmang dunyoda Zavol, xiyonat, alam. Dunyo ajib savdo-da, Bor unda oliy hakam. Zukko, dono dugonam, Tilayman cheksiz baxtlar! Eng yaqinim, Mahzunam, Bo'lsin tillodan taxtlar! Ummon qalbli qadrdonim, Sizni baxt tark etmasin. Siz-la o'tar baxtli onim, Qalb chirog'i o'chmasin... Neki yaxshi tilak bo'lsa, Yo'llagayman sizga tomon. Bor bo'ling siz baxtimizga, Doimo bo'ling omon. 105 Asal kabi totli bo'lsin Dugonajon, hayotingiz Qutlug' bo'lsin yana bir bor Ummat bo'lgan kuningiz! Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling