Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
BOBOMURODOVA FOTIMA
2001 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‗ilgan. Hozirda O‗zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. SEHRLI QUCHOQLAR Onajon bugun sizni judayam sogʻindim! Sizsizlikka erka koʻnglim hamon koʻnikolmayotgandek! Har safar oʻzimni qandaydir mashgʻulotlar bilan ovutishga harakat qilaman. Biroq, bugun bu qoʻlimdan kelmadi Onajon. Men yengildim. Sizsiz gulyuzli qizingiz soʻlib borayotgandek, vayrona boʼlayotgandek goʻyo! Diydor sogʻinchida yengilyabman onajon. Garchi bugun 22 yoshni qarshilagan boʻlsamda qalbim hanuz oʻsmirlik yoshimdan kecholmayabdi. Negaki unda siz bor edingiz! Sizning xushboʻy iforingizga, quyoshdek charaqlab kulishlaringizga, oʻzgacha dunyoqarashingiz, issiq taftingiz, nurga choʻmgan yuzingiz, qaynoq mehringiz,va hattoki biz bilib bilmay gʻazabingizni keltirgan kezlarimizda ham bizni ayab bergan dakkilaringizga bugun judayam muhtojman Onajon! Va yillar xuddi shamoldek uchqur deya qiyoslashlariga nazarimda endi tushunayotgandekman. Va yana shu shoshqaloq yillarga quloq solmay xayollarim yana oʻsmirlik davrimga oshiqaveradi.Singlim bilan suhbatimiz chogʻida bizga bergan har tongi ajoyib muhringizni eslab shirin xayolga berilib ketamiz! Men yana yuragim hapqirib; - Zulayho singiljonim esingdami onamning har tongi 'SEHRLI QUCHOQLARI' - E opajonime u kunlarni unutib boʻlar ekanmi xuddi kechagidek koʻz oʻngimda... Keling nuryuzli, jannat ifori taralib turadigan onajonimning men va singlimga aynan qanday umrbod yodimda saqlaydigan unuta olmaydigan ajoyib muhr quyganliklari haqida bugun hech ikkilanmasdan qoğozga tushurgim keldi. Allohim har kuni berayotgan neʼmatlaridan, yaʼni yangi tong, yangi imkoniyatlar va mana shu fayzli otayotgan tongda onamning jarangdor va yoqimli ovozlari; -Fotima, Zulayho tong otyabdi, qani turaqolinglar bomdodga kechikamiz. 90 -Ayajon yana ozgina uxlaylik,koʻzlarimni boshqara olmayabman baribir yumilib ketyabdi, dedim norozi ohangda.Singlim esa -Ana opam uygʻonsinlar oldin chunki man hali kichkina deya erkalandi. Shunda onam; -Hozir mana sehrli quchoqlar yoʻlda ikkala quloqsiz qizchalarni quchoqlab, energiyaga toʻldiradi deya xonaga kirib ustimizdan koʻrpani tortib: -Qani mani yordamchilarim ana sehrli quchoqlar keldi, issiq tafti bilan sizlarni quchoqlab birga bomdod oʻqishga olib ketarkan, deya singlim ikkalamizni mahkam quchoqladilar! Hech yodimdan chiqmaydi onamning mehr bilan quchoqlaganlari yuqori energiyaga boy kayfiyatlari bizga ham yuqardi. Tezda karaxtlikdan chiqib,bomdod oʻqishga tayyorlanar edik va shu kezi kundalik ishlar ham boshlanib ketardi. Onamning bu odatlari aynan nechi yoshimizda boshlanganini bilmayman, ammo har tong onajonimning 'Sehrli quchoq' larisiz uygʻona olmasdik.Onam iqtisodiyot fanidan oʻqtuvchi edilar va ish yuzasidan malaka oshirish kurslarida bir oy poytaxtga ketganlarida singlim bilan menga sahar tongda uygʻonish eng oliy jazodek edi goʻyo.Dadam ogohlantirib ketardilar, biz esa ana turdik mana turdik deya oxirida dadam yaxshigina koyiganlaridan soʻng uygʻonib ketardik. Shu bilan bir oy yakuniga yetib onam uyga kelgan kunlari bizdanda baxtli odam boʻlmagan. " Endi har tong onamning sehrli quchoqlari bilan uygʻonamiz" - deya! Vaqt oliy hakam ekanligini hali bola koʻnglim bilan toʻlaqonli anglab yetmagan yoshimda shu "Sehrli quchoq" lardan ayrildim. Garchi onajonimning Allohim bergan umr yoʻllari qisqa fursatda tugagan boʻlsada biroq ming yilga tatigulik mehr va quvonchli baxtni his ettirib ketdilar! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling