Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

NURMAMATOVA SATIMA 
2009-yil 11-iyunda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 
tavallud topgan. Hozirda Sirdaryo viloyatida joylashgan 
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 8-sinf 
o'quvchisi. 
BUVIJONIMGA 
Maʼyus koʻzingizga tik boqsam agar, 
Qoʻrqaman oʻtmishning azoblaridan. 
Siqilmang, buvijon, hammasi oʻtar, 
Dunyoni horitgan bu tashvishlardan. 
Tiladim dunyoning saodatlarin, 
Sinovlar qoshida turingiz kulib.
Koʻring nabirangiz mukofotlarin, 
To dunyo turguncha sogʻ-omon boʻlib. 
Yuzlarni qarshilang oʻn sakkiz yoshdek, 
Oltmish besh yoshingiz boʻlsin muborak. 
Yuzingiz porlasin goʻyo quyoshdek, 
Tugʻilgan kuningiz boʻlsin muborak! 
ONAJON 
Osoyish topsada yurak huzuri, 
Jonimga oroyish kirsa-da biroq 
Hislarim bir inson asiri 
Asira aylagan sizsiz Onajon 
Qoshimda ilhomim boʻlganda bunyod, 
Yoshlikning hislarin urganda tugʻyon,.
Koʻngil jolalarim qilganda faryod 
Yonib izlaganim sizsiz, Onajon!


87 
Sheʼriyat olamin erka ohusi,
Boʻlib kezsam agar butun dunyoni.
Yoʻlimdan adashsam, qilsamda faryod 
Yelib izlaganim sizsiz, Onajon
Uzoq manzillarda yuribman izsiz,
Bechora yuragim qiynalar sizsiz.
Koʻzlarda sogʻinch barq urgan hamon 
Sevib talpinganim, sizsiz Onajon! 
MUSHTARIY MUHAMMADJONOVA 
2009-yil 4-iyulda Toshkent viloyati Bekobod tumani 
Achamayli 
mahallasida 
tug'ilgan. 
Hozirda 
Sirdaryo 
viloyatida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod 
maktabi 8-sinf o'quvchisi. 
VATAN 
Qadri baland qadrdonimsan,
Quyoshimsan, oyimsan, Vatan.
Suyukligim, jo‗shqin qonimsan,
Muhabbatga boyimsan, Vatan!
Tuprog‗ingni ko‗zimga suray,
Onamdayin azizim, Vatan.
Sening uchun mayli jon beray,
Zilol suvday lazizim, Vatan!
Tarixingni doston qildilar,
Dostonlarda yashaysan, Vatan.
Bolalikdan singdirdi ular,
Yuraklarda yashnaysan, Vatan!


88 
Men-ku sening jajji shoirang,
Qabimdagi nolasan, Vatan.
Momo Havo seningdir, onang,
Sen bizlarga onasan, Vatan!
USTOZLARIMGA 
Qo‗limdan tutdingiz, adashmasin deb,
Yomonlar tikonin qadashmasin deb.
Onamday mehribon, otamday ulug‗,
Ustozim, sizga ming tashakkur, qulluq!
Ba'zida so‗zingiz ikki qilsam ham,
Gohida qaysar va o‗jar bo‗lsam ham.
Hali bola deya koyimadingiz,
"Ulg‗aysa barchasin anglar",— dedingiz.
Bugun biz ulg‗aydik misli polapon,
Ketyapmiz turli xil sinovlar tomon.
Kuzatar chog‗ingiz ko‗zingizda nam,
Dedingiz: "Hamisha baxtli bo'l, bolam".
O‗gitingiz mudom qoidam bo‗ldi,
Siz bergan saboqlar foy(i)dam bo‗ldi.
Sizga tazim aylab bugun aytaman:
"Men ham izingizdan olg‗a ketaman".
Ustozim, baxtimga bo‗lingiz omon,
Yonimda qoyadek turingiz har on.
Ezgulik ulashib tolmangiz aslo,
Gul kabi kulingiz har dam, doimo.


89 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling