83
YURTSEVAR SHOIR
( Abdulla Oripovga)
Buyuk mamlakatning tanti o‗g‗loni,
She‘rlarin barchasi qalbiga doir.
Bir umr yashadi olovday yonib,
Diyorin ardoqlab yurtsevar shoir.
Ko‗ngli ham tozadir oq qog‗oz misol,
Zahmatkash bu inson dillarga suyuk.
She‘rlari barchani qoldirgandir lol ,
Dunyoni zabt etgan neko‗zlik buyuk.
ASQARALIYEVA LOLA
2009-yil 21-oktabrda Sirdaryo
viloyati Boyovut tumani
Markaz mahallasida tavallud topgan.
Sirdaryo viloyatida
joylashgan Halima Xudoyberdiyeva
nomidagi ijod
maktabining 8-sinf o'quvchisi.
LOLAQIZGʻALDOQ
Togʻlarning bagʻrida sening makoning,
Qoyalar koʻksida o'yga tolarsan.
Shamollar esganda sokin tebranding,
Koʻklamning dardini kuyga solarsan.
Qirmiz yuzligimsan, goʼzalsan, ammo,
Nechun bu koʻksingda qora dogʻing bor?
Balki qutqu solar qorongʼu samo,
Tunlar yulduz sanab o'tgaysan bedor.
84
Taskin topasanmi yoki zulmatdan?
Balki tun ham seni har lahza kutar.
Yurak bagʻring nechun qon boʻldi gʻamdan?
Ey lola, kuyibman, yorugʻ tong otar.
Balki dogʼing yuvish payida boʻlib,
Allanimalarni oʻylayotursan.
Bodi sabolarda sokin silkinib,
Ey, gulim, nelarni soʻylayotursan?
Do'stlaringiz bilan baham: